Главная » 2014»Апрель»25 » Toshkentlik talaba shaffof telefon ixtiro qildi (foto)
15:48
Toshkentlik talaba shaffof telefon ixtiro qildi (foto)
Shaffof ekran hamda quyosh energiyasi bilan quvvatlanadigan yangi telefon MX-1 deb nomlanadi. Uning ixtirochisi Sirojiddin Nasriddinov Toshkent davlat texnika universitetining ikkinchi bosqichida tahsil oladi.
Ixtiro Toshkentda o‘tkazilayotgan VII Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasida namoyish etildi, deb yozadi ICTNEWS ma’lumotiga tayanib Gazeta.uz.
Qurilmaning pastki qismida uchta sensorli tugmalar mavjud, shuningdek vspishkaga ega kamera hamda antenna ham shu yerda joylashtirilgan.
Telefonda o‘rnatilgan nanoplyonka evaziga uning batareyasi quyosh energiyasidan quvvat olishi mumkin.
Ixtiro muallifi ko‘rgazma davomida o‘z loyihasiga patent oldi va endilikda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun investorlar izlamoqda. Sirojiddinning so‘zlariga ko‘ra, telefon ishlab chiqarish boshlansa, uning narxi 600 AQSh dollari atrofida bo‘ladi.