Biz asosan bolalar tilini ko`rsatishiga o`rganib qolganmiz. Ammo ayrim vaqtlarda kattalar ham tillarini ko`rsatib turishadi, albatta kamroq bu ishni qilishsada (ayrim buni yoqtiradigan insonlardan tashqari). Asosan til ko`rsatish xazil qilish, birovni jaxlini chiqarish yoki g`ashiga tekish maqsadida amalga oshiriladi.
Umuman olganda ruslarda til ko`rsatish unchalik yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi. Ammo ayrim davlatlarda kattalar turli xil sabablar tufayli ko`p marotaba tillarini ko`rsatib turishadi.
Masalan xitoyliklar juda qo`rqib ketishganida yoki xayratlanganliklarida tillarini ko`rsatishadi.
Shuningdek Italiya va Frantsiyada ham til ko`rsatish xurmatsizlikka kirmaydi. Ushbu davlat fuqarolari bu til ko`rsatish bilan kimnidur qilgan kichik xatosi ustidan kulib qo`yishadi.
Agarda siz Yangi Zelandiyada tilingizni ko`rsatib qo`ysangiz bu holat sizga dushmanlar keltirib chiqarishi mumkin. Gap shundaki, bu mamlakatda til ko`rsatish kimnidur haqorat qilish yoki kimgadur tahdid qilishga teng bo`ladi.
Avstraliyaliklar esa bu xarakat uchun siz bilan urishishga tayyordirlar.
Ammo Markiz orollarida (Polineziya, Frantsiya mulki) aborigenlar til ko`rsatgani ubu narsani rad etgani deb tushiniladi. Shu sababli siz bu erdan shahar uzoqmi degan savollingizga mahalliy aholi a`zosi astoydil sizga tilini ko`rsatsa, xech ham xafa bo`lmang.
Ko`p mamlakatlarda ubu ish bilan astoydil shug`ullanayotgan inson bexosdan tili chiqaradi. Smit, Cheyz i Liblix ismli ixtirochilar kattalar va bolalar til ko`rsatishlaridagi o`xshashliklarni topishdi. Bolalar ubu ish bilan band bo`lganliklarida ularni tinch ko`yishlarini istab tillarini ko`rsatishadi. Kattalar ham vaqti- vaqti bilan band paytlarida tillarini chiqarib yuborishadi, olimlar fikricha, kattalar ost onglari ishga tushib xuddi bolalar kabi tillarini chiqarib yuborishar ekan.
Xindistonda judayam jaxli chiqqan insongina tilini ko`rsatadi. Shu sababli ham bir o`ylab ko`ring-a, tilingizni chiqarib bolangizga ko`rsatayotganingizda siz haqingizda boshqalar qanday fikrga borishadi. Siz katta muammolarga duchor bo`lishingiz mumkin.
Agarda sizga Lotin Amerikada maxalliy aholidan vakil tilini ko`rsatsa, to`g`ri sudga borishingiz mumkin (yoki shu joyning uzida adabini berishingiz mumkin). Lotin Amerikaliklar tilida ushbu xarakat "Sen qo`rqoqsan” ma`nosini bildiradi.
Aytishlaricha, Osyoda odobsizlik deb bolalarga ham tilni ko`rsatishni man etishar ekan.
Ammo Tibetda odamlar tillarini ko`rsatib ko`rishishadi. Shuningdek birovga bo`lgan xurmatini shu ish orqali namoyon qilishadi.
Mayya xalqlarida ko`pgina mahalliy xudolar xaykalchalari tilini chiqazib yasalgan, bu holat buyuk donishmandlik belgisidir.
Xulosa qilib yana bir qiziq faktni keltirib o`tsak. Germaniyada avtomashina xaydovchisi boshqa bir xaydovchiga tilini ko`rsatsa 150-300 evroga jarima to`lashi lozim.
Shunday qilib shu esda tutish kerakki, ayniqsa boshqa bir mamlakatga safar uyushtirayotganda, sizning xar bir xarakatingiz boshqa bir madaniyatda boshqacha tushunilishi mumkin. Bilmaslik mas`uliyatdan ozod etmaydi… balki sizning xavfsizligingizga tajovuz qilishi mumkin.