Bugungi o`zbek kinosida oilaviy munosabatlar, qaynona-kelin, er-xotin munosabatlari ko`proq yoritilyapti. Albatta bunday mavzudagi filmlar tomoshabinlarimizga manzur bo`lishi tabiiy. Sababi kinozalga borgan tomoshabin o`zining ruhiyatiga, turmush tarziga, muammolariga yaqin bo`lgan filmlarni ko`rishni xohlaydi. Quda- andachilik rishtalari xaqidagi filmlar ayniqsa, ayollarni ko`proq qiziqtiradi. Ayni paytda Alisher Navoiy nomli kinosaroyda namoyish etilayotgan "Qudajonlar” filmi kinosevar muxlislarga xaqiqiy tuhfa bo`ldi, desak xato bo`lmaydi. Filmga xalqimizning sevimli aktrisasi O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Saida Rametova boshchilik qildi.
... DAVOMINI KO`RISH