YAKSHANBA, 2024.12.29, 11:47
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS

Menu
Категории раздела
Новости Футбола
ozbekiston chempionat. jahon chempionati. evropa chempionati
ШОУ-Бизнес
Узбекский Шоу Бизнес JAHON SHOU BIZNES SHAHZODA RAYHON BOJALAR RAYXON.UZ SHAXZODA.UZ
SMS YUBORISH
BEPUL SMS YUBORISH UCELL MTS BEELINE PERFECTUM UZMOBILE BUTUN JAHONGA
QIZIQARLI
ENG QIZIQ AJOYIB PRIKOL ZOR MALUMOTLAR WWW.SHERLAR.UZ DA
MP3 KO`CHIRISH
BEPUL MP3 KOCHIRISH UZBEK RUS ARAB JAHON SHAXZODA RAYHON BOJALAR QASHQIRLAR MAKONI
MOBIL TELEFONLAR UCHUN
SOTKA UCHUN TEMA NOKIA TEMA MP3 JAVA KLIP KINO ZOR TEMALAR
Веб-Мастер
UZ DOMEN OLISH. UCOZNI ORGANISH BEPUL TK DOMEN. YANGI SHABLONLAR
TV SERIAL- ТВ Сериалы
QASHQIRLAR MAKONI YANGI. OZBEK SERIAL. UZBEK KINO
QO`SHIQ MATNI
YANGI QOSHIQLAR MATNI RAYHON SHAXZODA BOJALAR
IZOHLAR VA SMSLAR
YANGI SMS SHERLAR SHERLAR TOPLAMI
SEVGI
SEVGI MUXABBAT LOVE QIZLAR BILAN TANISHISH 14 FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI
JAHON YULDUZLARI
JAHON YULDUZLARI
KULGI -FUNNY-PRIKOL
PRIKOL XAZIL FUNNY PRIKOL FOTO XAZIL FOTOSURATLAR. KULGILI RASMLAR
ISLOM
TANLOV
Психология
PSIXOLOGIK TESTLAR! PSIXOLOGIK TESTLAR PSIXOLOGIK TESTLAR!
FOYDALI MASLAHATLAR
Тесты
Рейтинг
FIKR-MULOHAZA
---TANISHAMAN---
QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH.
MUXLIS--FANAT
TALAB VA TAKLIF
KASSA
FOYDALI SAYTLAR
ZOR SAYTLAR . PRIKOL SAYTLAR
SHERIYAT
KOMPYUTERLAR UCHUN
Реклама
PUL ISHLASH
INTERNETDA PUL ISHLASH. PUL TOPISH.
qizlar bilan tanishaman
qizlar bilan tanishaman
Афоризмы
Aforizmlar
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI
SHAXZODA RAYHON BOJALAR SHOXRUXXON. OZODBEK. SHOXJOHON
Гостевая
IBRATLI XIKOYALAR
WWW.SHERLAR.UZ
WWW.SHERLAR.UZ SAYTI UCHUN MAHSUS YANGILIKLAR HABARLAR SMS SHERLAR MADHIYALAR
Новости Узбекистана
Kliplar
Наш опрос
ENG ZOR KIM?
XAMMA JAVOBLAR: 1098

Статистика

XOZIR SAYTDA 7
MEXMON 7
FOYDALANUVCHI 0
Главная » 2012 » Март » 23 » SEVINChNING BOLA TARBIYaSIDAGI O`ZIGA XOS USULLARI
01:39
SEVINChNING BOLA TARBIYaSIDAGI O`ZIGA XOS USULLARI
– Ona bo`lish qanaqa ekan?
– Buni so`z bilan ta`riflab bo`lmaydi. Onalik o`zingni esdan chiqarib, bolangni birinchi o`rinda ko`rish ekan. Bola tug`ilgandan keyin vujudingda umringda his qilmagan mehr tuyg`usi paydo bo`larkan. Onalik tuyg`usi shunchalik lazzatli bo`ladi, deb o`ylamagandim. Xuddi dunyoga qayta kelgandek bo`lib, shu paytgacha qaerda eding, bolajonim, sensiz nima qilib yuruvdim, qanday yashayotgandim, deb atrofida girdikapalak bo`lishni ayting. 
– Tug`uruqdan so`ng ko`pchilik bunday hayotga ko`nika olmasligi mumkin. Bolangiz yig`laganda qo`shilib yig`layapsizmi?
– Boshida shunaqa bo`ldim, tug`uruqxonada (kuladi). Yangi tug`ilgan chaqaloq sutga endi organizmi ko`nika boshlaganida rosa injiqlik qilarkan. Qorni dam bo`lib, "dod” deb yig`lasa, men ham yig`layveraman. Nega bunaqa bo`lyapti, desam, shifokorlar bu odatiy holligini aytib, amallab yupatishdi.  
– Qizingizga tikilib nimalar xayolingizdan o`tadi? 
– Kelajagini o`ylayman. Xudodan faqat yaxshi narsalarni so`rab o`tiraman. Mo`ltirab turgan ko`zlariga qarab, ilohim, hech qachon g`am ko`rmasin, faqat baxtli bo`lsin deyman. 
– Deyarli Osiyoda mashhur bo`lgan Sevinch Mo`minovaning qizi kelajakda dunyo yulduzi bo`lishi mumkinmi?
– Xudo biladi, balki (kuladi). Onasiga tortgan bo`ladi-da. Dadasiga tortgan bo`lsa ham, onasiga tortgan bo`lsa ham yulduz bo`ladi. Balki umuman boshqa yo`nalishni tanlar? Peshanasiga yozgan soha xodimi bo`ladi-da. Qaysi soha vakili bo`lishidan qat`i nazar, baxtli bo`lsin!
– Ruxsat berasizmi xonandalikni tanlasa?
– Bilmadim. Men qaysi kasbni tanlasa, yo`l ochib beraman. Uning orzularini inobatga olaman. Negaki, o`zini qiziqishi bo`yicha soha tanlamasa ham, yashashi qiyin bo`ladi. Masalan, men san`atkor bo`lishga qiziqqanman. Shuning uchun agar san`atkor bo`laman desa, yuragida armon bo`lib qolmasligi uchun ham ruxsat beraman. Dadasini bilmadim. San`at qiyin kasb, qiynaladi, deydi. Onasi san`atkor bo`lib yomon bo`lgani yo`q (kuladi). Shunaqa deyman dadasiga... Jo`q, qizimiz qiynalmasin, deyman-da, deydi dadasi. Menga termilib turganini qarang buning, gaplarimizni diqqat bilan eshityapti, voy, asal qizim... (qizini erkalab ketadi.)
– Og`ir-bosiqmi yoki to`polonchiroqmi?
– Ba`zida yugurib ketishiga sal qoladi. Erga ursang, ko`kka sapchiydiganlar toifasidan. Ҳoy, to`xtab tur, hali stadionlarda yugurishingga, sakrashingga ancha bor, deb zo`rg`a to`xtataman (kuladi). 
– Onasiga tortgani aniq ekan unda (kulgi).
– Ҳa, nimasini aytasiz. Men alla aytganimda "ha, bale, bale, bale” devorsam, u menga qarab, "chiy” deb qo`yadi. (Ҳojiboy Tojiboevning latifasiga shama bo`lgani uchun rosa kulgi ko`tariladi). Shunaqa qilib ikkalamiz, bir-birimizni ovutyapmiz. Shaddod qiz bo`ladi, shekilli.
– Ona bo`lgach, qizlar onasini tushunadi, degan gapga qanchalik qo`shilyapsiz? 
– O-o, so`ramang, tug`uruqxonaga onam meni ko`rish uchun kelganlarida, u kishini quchoqlab yig`lashimni ko`rsangiz. Ҳar ikki gapning birida "onajon, meni kechiring, jahlingizni chiqarganim, bilmay xafa qilganim uchun meni kechiring”, deyman. "Sen meni hech qachon xafa qilmagansan, erkatoyim”, – deb onam meni quchoqlaydilar. Qo`llaringizni o`pay, onajonim, shunaqa qiynaluvdingizmi, deyman. Axir juda qiyin ekan ona bo`lish... 
– Azobni ko`ribsiz-da bo`lmasa?
– E, so`rashingizni qarang, bir o`lib tirildim-ku (kuladi). Tavba, haqiqatan ham ona bo`lganingizdan keyin onangizning qadrini bilarkansiz. Azob bo`lishini bilasiz-u, lekin bunchalik bo`lishini tasavvur ham qilmas ekansiz-da. Shunaqa jarayondan keyin onamga yanada mehrliroq bo`lib qoldim. 
– Sharof ham yig`lavorgandir?..
– Ҳa, yomon bo`lib qoldi (kuladi). Men "yo`q, yonimda turasiz”, deganimga ham pushaymon bo`lib ketdim. Ranglari oqarib,  yuraklari tushib qoldi. "Voy, shunaqa azob bo`ladigan bo`lsa, bitta shu qiz etadi bizga. Ҳam o`g`il, ham qizimiz”, – deydi. U kishining gaplarini eshitib, o`zi bir ahvol bo`lib turgan bo`lsamam, "yo`g`-a, unaqa demang, hali o`g`limiz ham bo`ladi”, deyman. Ҳamshiralar kulgidan o`zlarini to`xtatisholmaydi. Yangi tuqqanlar "bo`ldi, endi tug`mayman”, deyisharkan-da, men esa yana o`g`limiz bo`ladi, deganimga ular kulishadi. «Sening bunchalik azob chekishingga chidab turolmayman, o`n yilga umrim qisqardi», – deydi Sharof. Bo`lmasa tug`uruqdan oldin qo`rqayotganim aytganimda, "Nega qo`rqasan? 24 million aholi tug`yapti, sen nega qo`rqasan?” – degandi. Keyin bunaqa deb turibdi-da. "Erkak bo`lib tug`ilganimga shukr”, – deydi. Ikkalamiz tortishib qolganimizda ayollarga qiyin, hamma yuk ularning elkasida bo`ladi, desam, qiyini erkakniki, hamma tashvish uni bo`ynida, deb engardi. Keyin bu azobni ko`rgandan keyin haqiqatan ham ayolga qiyin ekan, deb qoldi (kuladi) 
– Endi tan oldimi? 
– Ҳa, tan oldi.
– Tan olmaganiga ham qo`ymagansiz-da...
– Ҳa, qo`ymadim (kuladi). Talashib qolsak, uzog`i bir soat, bo`lmasa 5 daqiqada yarashib ketaveramiz. Uzoq gina saqlamaganimiz uchun ham hayotimiz quvonchli, ko`z tegmasin!  
– Qanchalik bolaparvar ekansiz?
– Bunchalik bo`laman deb o`ylamovdim. Ishonsangiz, oshxonaga borib kelgunimcha bolamni sog`inib qolaman. Ba`zida "bo`ldi, shunchalik bog`lanib qolib, keyin nima qilaman”, deyman-u, bari bir, undan uzoqqa ketolmayman. Sal ko`p uxlab qolsa, "tezroq tursaydi, sog`inib qoldim-ku”, deb o`tiraman. 
– Sevinch Mo`minovaning bola tarbiyasidagi o`ziga xos qoidalari…
– Birinchidan, ona sutidan ajratganim yo`q (kuladi). Ҳali qo`shimcha sutlardan yoki oziq vositalaridan foydalanmadim. Iloji boricha undan uzoqlashmayapman. Ҳaddan tashqari erkalashdan me`yorida bo`lgan erkalashni ravo ko`rgim keladi. Keyin biz bolaligimizda "bolalar vaqti tugadi, qani xonalaringga”, deyilsa, birgalashib jo`rovozda "yaxshi yotib turinglar”, derdik-da, xonamizga chopardik (kuladi) Ҳozirgi bolalar bunaqa emas. Vaqti kelganda ko`ngli bo`sh bo`lib ketmasam, mana shunaqa tartiblarni joriy qilmoqchiman. 
– Farzandli bo`lganingizni eshitib kim birinchi qo`ng`iroq qilib tabrikladi? 
– Opam Shahlo. Keyin Sharof. Ularning har ikalasi ham yonimda bo`lishdi. Keyin onam, yaqinlarim kelishdi.
– "Voy, dugonajon, qalaysan?” – deb keladigan o`rtoqlaringiz bormi?
– Gulnoza degan dugonam bor. Tez-tez kelib, xabar olib turadi. 
– Ro`zg`orning pastu balandiga chidab yashash bir joyda turolmaydigan Sevinchni zeriktirib qo`ymadimi?
– Jo`q, bola bilan zerikmas ekansiz. Ҳayotning har bir pog`onasi qadrli bo`lishini bilyapman. Lekin san`atni, sahnani sog`indim.  
– Shu paytgacha ko`pchilik mashhurlarimizni ko`rdik. Bolasi ikki oylik bo`lishi bilan to`ylariga chiqib ketaveradi. Sizda bunday bo`lmadi...
– Chunki men bunga qarshiman. To`g`ri emas. Alloh bergan farzandni o`zini tutib olguncha ona yonida bo`lishi kerak. Bolam qanday chaqaloq hali. Shuning uchun hatto dugonamning tug`ilgan kuniga ham bolam bilan birga bordim-ku. 
– Ismini kim qo`ydi?
– Dadasi qo`ydi. Topilgan ismlardan chiroylisi shu bo`lgani uchun ham menga yoqdi. 
– Bola tug`ilganidan keyin turmush o`rtoqdan ko`ra bolaga ko`proq mehribonchilik boshlanadi. Bundan Sharofning jahli chiqmayaptimi?
 – Ҳaqiqatan mehrning ko`pi farzandga bo`lib qolar ekan. jahli chiqadi ba`zida. "Ilgari birga kino ko`rardik, mevalardan chiroyli qilib kesib kelarding”, – deydi Sharof. Shunaqa paytlarda hammasini tinchitib, uni ham xursand qilishga harakat qilamiz. Mevalarni kesib kelib degandek (kuladi).
– Ilohim, baxtlaringga ko`z tegmasin. Leylixon ham chiroyli qiz bo`lib, sizlar orzu qilgandek farzand bo`lsin!
– Rahmat sizga ham, muxlislarimizga ham. Barchaga mana shunaqa baxt nasib etaversin! 
Baxtiyor Rasulov


7x7.uz



Категория: ШОУ-Бизнес | Просмотров: 3594 | Добавил: JAMSHID | Теги: USULLARI, OZIGA, SEVINChNING, XOS, bola, TARBIYaSIDAGI | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 23
23 shirinoza8888   (2012.03.25 00:06) [MALUMOT]
baxtli bolsin

22 Muhabbat07   (2012.03.24 15:15) [MALUMOT]
Омад уларга

21 Djurabek1515   (2012.03.24 14:49) [MALUMOT]
Baxt omad

20 ZEBO0516   (2012.03.24 12:49) [MALUMOT]
baxtli bo'lishsin

19 SkRoMnAyA_DeVoChKa   (2012.03.24 10:18) [MALUMOT]
hm

18 Muhlisa93fm   (2012.03.23 23:58) [MALUMOT]
Baxtli b6sin

17 Asad2002   (2012.03.23 18:52) [MALUMOT]
Bahtli bo'lishsin ilohim yulduzlari yogdus yo'lini va hayotni yoritib tursin

16 Behzod1524   (2012.03.23 18:36) [MALUMOT]
sharofdaqa durak bola sirdaryoda yo'q. Sirdaryoliklar uni yoqtirmay qo'ygan

15 ♥VioLeTTa♥   (2012.03.23 18:19) [MALUMOT]
OMAD biggrin

14 ¤¤ADAY¤¤   (2012.03.23 16:37) [MALUMOT]
Bir umrga baxtli bo'lishsin

13 Shaneel_92   (2012.03.23 12:54) [MALUMOT]
bahtli bo'lsin

12 CHEMPION_UZ   (2012.03.23 12:00) [MALUMOT]
baxtli bulishsin

11 MUSLIMA333   (2012.03.23 11:53) [MALUMOT]
HM. YAXSHI.

10 Xoleda5052   (2012.03.23 11:35) [MALUMOT]
san'atdan t6xtab qolmasin Sevinch, baxtli b6lishsin.

9 _DialNeNiNo_   (2012.03.23 11:07) [MALUMOT]
baxtli b6lsin

8 angel1121   (2012.03.23 09:49) [MALUMOT]
baxtini bersin xudoyim

7 google93   (2012.03.23 09:18) [MALUMOT]
Baxtli bo'lsin.

6 Odil-oxran   (2012.03.23 08:29) [MALUMOT]
baxtli bolsin farzandlar yaxwida

5 ZIRAPCHA   (2012.03.23 08:04) [MALUMOT]
Baxtli bolwsin.

4 Erkatoy2727   (2012.03.23 03:05) [MALUMOT]
10 минга кечкибсз.

3 Blade_77   (2012.03.23 02:33) [MALUMOT]
Baxtli bo'liwsin

2 $_SHERDIL_$   (2012.03.23 02:17) [MALUMOT]
Hm ke4kitimda erkatoy a yana 1 chi b6ldizmi mayli

1 Erkatoy2727   (2012.03.23 02:07) [MALUMOT]
Хм

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Реклама.
Forum Faollari
  • neyla19
  • _DialNeNiNo_
  • OYDIN
  • _Dilya_
  • Jasmina---
  • _NaTaLi_
  • _Didishka_
  • Bilov
  • SUDEYS
  • MUHABBAT3223
  • qobilbek9353
  • odil@xran
  • YILDIZ
  • odiljon_-_oxran
  • Golib1214
  • _Shaddotcha_
  • Zahar_qizcha
  • Futbolist1990
  • Muxtor
  • ZARINA5545
  • Поиск
    Календарь
    2024 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
    Хостинг от uCoz