Главная » 2012»Март»12 » SEVGI: kecha va bugun yoxud zamonaviy Layli-Majnunlarga bir nazar.
22:13
SEVGI: kecha va bugun yoxud zamonaviy Layli-Majnunlarga bir nazar.
Erta tongda odatdagidek, o`qishga yo`l olarkanman, nogoh ikki notanish yigitning suhbati qulog'imga chalindi: -Bilasanmi, kecha bitta ketvorgan qiz bilan tanishdim. U "вообще" oldingi yurgan qizlarimga o`xshamaydi?! -Qo`ysang-chi, do`stim, o`tgan safar ham shunaqa deganding. U bilan bir hafta "yurmasdan" yana yangisini topibsan-da! Tinmay saqich chaynab, yonidagi sherigiga yangi tanishgan qizining ta'rifini maromiga yetkazib maqtayotgan yigit kulgu aralash so`zlari baralla eshitilib turganiga ham hech e'tibor bermay, kechasi telefon orqali qilgan sevgi izxorlari-yu ertaga bo`ladigan uchrashuv haqida "ajoyib" hikoyasini og'zini to`ldirib gapirishda davom etardi.Uning so`zlarini eshitganlarning ba'zilari ajablansalar, ayrimlari esa bu odatiy holdek ta'sir ham qilmadi.
Sevgi! U haqida shunchaki gapirish bu nafaqat bugungi, balki afsonalarga burkangan haqiqiy va umrboqiy oshiqlarning beg'ubor, samimiy tuyg'ulariga hurmatsizlikdir.Zero, Navoiyning "Hamsa"si-yu, minglab g'azallardan iborat g'azallariga, baxshilar kuylagan xalq dostonlari-yu, tarixiy haqiqatlardan iborat go`zal afsonalarga sig'magan sevgi bugun oddiygina "sms"lar ichida yo`q bo`lib ketayotganiga nima deymiz?!
Notanish raqamni tergan holda, bir-birlari bilan shunchaki tanishib sevishganlar rolini qoyilmaqom tarzda ijro etayotgan yigit-qizlar nafaqat sevgi, balki baxt tushunchalariga ham shunchalik yengil munosabatda bo`layotganliklari achinarli hol, albatta. Ammo bunga yoshlarning o`zidan ko`ra ko`proq tarbiya, axloq-odob kabi fazilatlarning ularga yetishmasligi sabab bo`lmoqda desak yanglishmaymiz.O`zbekona qarashlarga ega bo`lish esa muommoning eng asosiy yechimidir.Chunki bizning madaniyat xaqidagi tushunchalarimiz ko`cha-kuyda, hiyobonlarda, jamoat joylarida yoki go`yo nazardan chetda qolgan maskanlarda bemalol qultiqlashib, be'mani xatti-harakatlarni amalga oshirish bilan o`lchanmaydi. Bu ko`rinishlar va xodisalar qadriyatlarimiz va milliy tarbiyamiz uchun mutlaqo ziddir. Zero, zamonaviy "LAYLI va MAJNUN"lar o`z sevgi qissalarini bunchalik kulgu bo`lishiga y6l qo`ymasliklari va uni asrab-avaylash kerakligini unutmasliklari lozim.
Sevgining umri puli borligidadir puliz tugasin sevgiz ham tugaydi sevgi hozir oyinchoq hammaning qolida avvalgi sevgi endi yoq va farhod va shirin layli va majnun va boshqa sevishganlar ham ularga teng kelolmaydi Sevgi bu oyin uni topganda B axtli bolasiz yoqotganda dardli bolasiz
Bu sevgi, uzb yoshlari qizla bolla vinovat man bilmeman chunki ancha yilladan buyon man uzbda bolganim yoq. Lekin xozirgi klip va kinoladan buni tushinsa boladi. Milliyligimiz yoqolganini.
Kimga qanaqa hamma o'zi uchun o'zi javob beradi. Havas bilan Abadiy tuyg'uni adawtiriw faqat nodongagina yarawadigan his. Hozir dunyo qarawi tor faqat bugunini o'ylaygigan yowlar ko'p. To'qlikka wo'xlikdan bowqa narsa emas.
AMO BIR NARSA BORKI QAYTAR DUNYO KIM BIROVNI TUYGILARU BN OYLAB ALDASA KUNI KELIN OZI XAM ALDANADI SHUNIN UN BOSAYOTGAN QADAMIMIZGA DIQQATLICHA QARAB I OYLAB BOSISHIMIZ KEREDA