Samsung Galaxy S5 smartfonining narxi 12-aprel — O‘zbekistonda sotuvga chiqqan kundan beri deyarli 14 foizga arzonlashdi. Mobil texnika sotuvchilarining ta’kidlashicha, ushbu yangi gadjetning narxi yana tushadi, deb xabar bermoqda
Bir hafta oldin Toshkentda rasman taqdim etilgan Samsung Galaxy S5 smartfoni sotuvga qo‘yilgani haqida xabar berilgan edi. O‘shanda poytaxtning “Fleshka” savdo majmuasida yangi smartfon narxi 2,4 million so‘mni tashkil qilgan. 20-aprel, yakshanba kuni poytaxt savdo nuqtalarida so‘rov o‘tkazilganida Samsung Galaxy S5 smartfoni (16 Gb xotirali versiyasi)ni 2,1 million so‘mga xarid qilish mumkinligi aniqlandi.
Taqqoslash uchun: Rossiya bozorlarida Samsung Galaxy S5 29 ming rubl (taxminan 800 dollar)ni, shuningdek, qo‘shni Qozog‘istonda ham taxminan shu narxni tashkil qiladi.
Bundan tashqari, Mobinfo.uz 2014-yil 20-aprel holatiga ko‘ra, Galaxy S oilasidagi smartfonlarining “Fleshka” savdo majmuasidagi narxlarini ham e’lon qildi:
Samsung Galaxy S4 — 1 275 000 so‘m
Samsung Galaxy S3 — 840 000 so‘m
Samsung Galaxy S2 — 700 000 so‘m
Samsung Galaxy S Duos — 550 000 so‘m
|