Formula-1 bo‘yicha jahonning yetti karra chempioni Mixael Shumaxerning menejeri bo‘lmish Sabina Kem RTL telekanali orqali bergan ma’lumotlariga ko‘ra, nemis sportchisining sog‘lig‘i yaxshilanmoqda. Uning aytishicha, Shumaxer koma holatidan chiqqan, hatto, o‘z rafiqasini ham taniy olgan. U dorilar vositasida komadan chiqish jarayonini osonlik bilan o‘tkazayotgani yo‘q, “ba’zan uxlab qoladi, ba’zan o‘ziga keladi”, deb yozadi Gazeta.ru.
Mixael Shumaxer. Foto: thesupercarkids.com
Mixael Shumaxer. Foto: thesupercarkids.com
Kem “Shumaxerning shaxsiy hayotiga hurmat tariqasida” bundan boshqa ma’lumot bera olmasligini ta’kidlagan. Menejer sportchi kasalxonadan chiqqanidan keyin sobiq poygachining holati bo‘yicha axborot berishni butunlay to‘xtatishi, agar Shumaxer lozim topsa matbuot xodimlari bilan shaxsan o‘zi suhbatlashishi mumkinligini aytib o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, Mixael Shumaxer 2013-yilning 29-dekabr kuni chang‘i uchish jarayonida yiqilib toshga urilishi oqibatida kasalxonaga keltirilgan va 95 kun davomida komada bo‘lgan.
|