Bunda Termiz davlat universiteti olimlari bilan bir qatorda, olti yildan beri ushbu hududda izlanish olib borayotgan chexiyalik mutaxassislarning ham hissasi katta, deyiladi xabarda.
O‘rganish obyekti sifatida bronza, temir va antik davrga tegishli hudud tanlandi. Olimlarning aytishicha, Google Earth dasturi yordamida Sherobodning ko‘pchilik yodgorliklari joylashgan joylar koordinatasi aniqlandi.
O‘zbek-chex ilmiy ekspeditsiyasi natijasida 93 ta arxeologik topilmalar kashf qilindi. Ular qadimiy shaharlar, qishloqlar, qo‘rg‘onlar, harbiy inshootlar, ko‘priklar, masjidlar, madrasalar, sardobalar va boshqalardir.
Topilmalar ko‘chmanchi chorvachilar haqidagi ma’lumotlar manbasi bo‘lib xizmat qilish bilan birga, Baqtriya va Toxariston arxeologiyasida yangi ilmiy yo‘nalish ochadi.
Ayni paytda topilgan yodgorliklar bo‘yicha ingliz va o‘zbek tillarida pasportlar tayyorlanmoqda.