Hozirgina London-2012 saralashining pley-off bosqichidagi O`zbekiston – Suriya o`yini yakuniga etdi.
Uchrashuvning birinchi bo`limida raqiblarimiz hisobni ochishdi – 0:1. Agar bu hisob o`yin oxirigacha saqlanib qolsa, O`zbekiston Olimpiada yo`llanmalaridan quruq qolgan bo`lardi.
Biroq ikkinchi bo`limda tarkibda bir qator o`zgarishlar amalga oshirildi va O`zbekiston hujumlarni kuchaytirdi. O`yin yakunlanguncha Kenja To`raev va Oleg Zoteev bittadan to`p kiritishdi va O`zbekiston pley-offning birinchi o`yinida g`alaba qozondi. Suriya London-2012ga chiqolmasligi aniq bo`ldi. endi ummon bilan o`yinda vakillarimizni durang natijasi ham qoniqtiradi.
London-2012 saralash. Pley-off.
O`zbekiston – Suriya – 2:1 (0:1)
Gollar: Kenja To`raev (73), Oleg Zoteev (88) — Shahin (14).
O`ZBEKISTON: Akbar To`raev, Islom To`xtaxo`jaev, Sherzod A`zamov, Salim Mustafoev, Davron Ҳoshimov (Vladimir Kozak, 46), javlon Ibrohimov, Dilshod Rahmatullaev, jasur Ҳasanov, Sherzod Karimov (Temurxo`ja Abduxoliqov, 67), Ivan Nagaev (Oleg Zoteev, 52), Kenja To`raev.
SURIYa: Ibrohim Alma, Ahmad as-Solih, Shahin (Muhammad Voil, 62), Muhammad Zbida, Daas, Abdul Ҳasan, Umar Ҳarbin, Muhammad Faris, M. Zakariyo al-Umariy (Nasum Nahdaliy, 90), Toir Ruma, Mardek Mardkyan (Ahmad al-Douniy, 58)