Ushbu yo‘lakcha Britaniyaning mashhur “Monti Payton” deb nomlangan komediya shousi muxlislari tomonidan yaratildi. Shouda ham shunga o‘xshash jarayon tasvirlangan edi.
Gap shundaki, afsonaviy shouning navbatdagi sonlaridan birida ko‘rsatuv qahramonlari mamlakat vazirliklarida ishlovchi mansabdorlarning ahmoqona yurishlarini o‘z chiqishlarida ko‘rsatgan edi. Endilikda, Norvegiyaning shimoli-sharqidagi mitti shaharcha aholisi qamoqqa olinish xavfidan cho‘chimagan holda o‘z kumirlariga taqlid qilishi mumkin.
Ahmoqona yurayotgan personajlardan biri aks etgan ushbu yo‘lakchani aprel oyida mahalliy art-gruppalardan biri — Kreativeteket yaratgan. Norvegiyaning NRK telekanali jurnalistlari tomonidan tayyorlagan lavhalardan ko‘rish mumkinki, mahalliy aholi ushbu yangilikdan juda mamnun.
Ammo ayrim mansabdorlarning so‘zlariga ko‘ra, yo‘lakcha haydovchi va piyodalarning chalg‘ishiga sabab bo‘ladi. Shu sababli ham uni yaqin orada olib tashlashlari mumkin. Ayni vaqtda “zebra”ning keyingi “taqdir”i noma’lum.