U sudga bergan arizasida yog‘ochdan yasalgan uzun suyanchiqli bar stulidan qanday qilib yiqilgani, natijada bilagining bir nechta joyidan singanligi hamda jarrohlik muolajalarini o‘tkazgani haqida batafsil yozgan. Ellisonning ta’kidlashicha, stul juda ham baland bo‘lgan. Ayolning fikricha, mehmonxona ma’muriyati stulning mo‘rtligi, uning o‘rniga ishonchli va baquvvat stullar olish zarurligini bilgan.
Mazkur ko‘ngilsiz voqea 2011-yilning aprel oyida bo‘lib o‘tgan. Ayolning 2014-yil aprelida – oradan 3 yil o‘tgach, sudga murojaat etishga qaror qilgani sabablari e’lon qilinmagan.
Bunday sud jarayonlari ko‘p holatlarda jabrlanuvchining foydasiga hal bo‘ladi. Jumladan, fransiyalik qariya ayol supermarketning sabzavotlar bo‘limida salat bargini bosib olishi oqibatida sirg‘anib yiqilgani uchun sud orqali 20 ming yevro undirgan.