Ko'nib bo'ldim shum taqdirning ozoriga. Yo'lamayman endi sevgiz bozoriga. Ketgandingiz qaramay qalbim zoriga. Keting...! Bevafo sevgiga zor emasman.
Bitta emas qirqta jonim tutgan edim. Sizni deya bor yo'g'imdan kechgan edim. Sarmast bo'lib ishq sharobin yutgan edim. Keting...! Bevafo sevgiga zor emasman.
Sizdan yahshilar bor meni bahtli qilar. Sog' salomat yurishim ollohdan so'rar. Yahshimanmi... yomonmi hammasin bilar. Keting...! Bevafo sevgiga zor emasman.
Javob kutmang hatto javob berolmayman. Chaqirsangiz oldingiday qarolmayman. Bermang so'lgan gullaringiz ololmayman. Keting...! Bevafo sevgiga zor emasman.
Kelmang qaytib menga sizni sevmoq ordir. Ko'nglim faqat bitta mard yigitga zordir. Sizdan ko'ra bahtli qiladigan bordir. Keting...! Bevafo sevgiga zor emasman.
|