Chevrolet Malibu ko`zga yaqqol tashlanadigan dizaynga, yaxshi yurish sifatlariga, tejamkor kuch agregatlariga ega bo`lib, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan. Avtomobil saloni keng va qulay muhitni yaratuvchi shinam intererga ega. Yumshoq zangori yorug`lik uskunalar panelini bir tekis, izchil yoritadi.
Mashinaning tashqi dizayni ham ko`zni quvontiradi: ikki setkali radiator panjarasi, yirik ksenon chiroqlar va yangi Camaro uslubidagi orqa yorug`likdiodli qo`sh chiroqlar.
Integratsiyalashgan orqa spoyleri nafaqat ko`proq turg`unlikni, balki agressiv tashqi ko`rinishni bergan. Shakli va dizayni tufayli Chevrolet Malibu o`z segmentidagi aerodinamik jihatdan eng samarali avtomobillardan biri hisoblanadi.
Malibu quvvati 169 yoki 263 ot kuchiga ega 2,4 hajmdagi 4 tsilindrli dvigatel hamda avtomat yoki mexanik uzatish korobkasi bilan jihozlangan. Xavfsizlikni oltita yostiqcha, shuningdek bosh va bo`yin himoyasi uchun xavfsizlik pardalari ta`minlaydi.
GM Uzbekistan kompaniyasi avtomobillarni 2012 yil iyunidan sotishni rejalashtirgan.