O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish (SVOJJDLQK) departamentining Rishton tuman bo‘limi boshlig‘i Shavkat Muhammedovning ta’kidlashicha, sud hukmiga asosan “valyutachi” oylik ish haqining 20 foizi davlat daromadiga ushlab qolingan holda unga uch yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.
Albatta, bu kabi qonunbuzarlarga nisbatan ko‘rilayotgan choralar o‘z samarasini berishi aniq. Biroq ularning faoliyatiga barham berishda nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, balki fuqarolarning faol ishtiroki ham muhim ahamiyat kasb etishini unutmaslik lozim, deyiladi xabarda.