Nufuzli "Fortune” jurnali har yili dunyodagi 50 ta eng "maftunkor” kompaniyalar (World’s Most Admired Companies) reytingini e’lon qiladi. Jurnal tahririyati 2012-yil 1-mart kuni ushbu reytingning bu yilgi versiyasini chiqardi.
Shunday qilib, "Apple” kompaniyasi ketma-ket besh yildan beri dunyodagi eng "maftunkor” kompaniyalar reytingida yetakchilikni o‘zida saqlab kelmoqda. Kompaniya 2011-yil yakunlariga ko‘ra jami 108 milliard dollar daromad oldi.
Reytingda ikkinchi o‘rinni ham ketma-ket uch yildan beri "Google” band qilib kelmoqda. O‘tgan yili o‘zining ilk planshet kompyuteri – 199 dollarlik "Kindle Fire”ni sotuvga chiqargan "Amazon” onlayn-riteyleri o‘z tarixida ilk marta ushbu ro‘yxatning kuchli uchligidan joy oldi.
Dunyodagi eng "maftunkor” kompaniyalar ro‘yxatida kuchli o‘nlikka yuqoridagilardan tashqari yana "Coca-Cola”, "IBM”, "FedEx”, "Berkshire Hathaway”, "Starbucks”, "Procter & Gamble” va "Southwest Airlines” kompaniyalari ham kirgan.
Ushbu reyting 3 855 ta amerikalik top-menejerlar, boshqaruvchilar kengashlari a’zolari va turli tahlilchilar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov yordamida tuzilgan. O‘rinlarni aniqlashda kompaniyalarning innovatsiyalari, personalni boshqarishi, ijtimoiy mas’uliyati, boshqaruvining sifati, moliyaviy barqarorligi, mahsulot yoki xizmatining sifati, aktivlarini boshqarishi, uzoq muddatli investitsiyalari, jahon bozorlaridagi raqobatbardoshligi kabi mezonlardan foydalanilgan.
Bugungi kunda dunyodagi eng qimmat, ya’ni kapitallashuv darajasi eng yuqori kompaniya sanalgan "Apple” barcha pozitsiyalar bo‘yicha eng yuqori ballni to‘plagan, deya ta’kidlaydi "Fortune” jurnali.
Dunyodagi eng "maftunkor” kompaniyalar, Fortune – 2012
(World’s Most Admired Companies, Fortune 2012)
1. Apple
2. Google
3. Amazon.com
4. Coca-Cola
5. IBM
6. FedEx
7. Berkshire Hathaway
8. Starbucks
9. Procter & Gamble
10. Southwest Airlines
11. McDonald’s
12 Johnson & Johnson
13. Walt Disney
14. BMW
15. General Electric
16. American Express
17. Microsoft
18. 3M
19. Caterpillar
20. Costco Wholesale
21. Nordstrom
22. J.P. Morgan Chase
23. Singapore Airlines
24. Wal-Mart Stores
25. Target
26. Nike
27. Exxon Mobil
28. Whole Foods Market
29 UPS
30. Boeing
31. Nestlé
32. PepsiCo
33. Toyota Motor
34. Samsung Electronics
35. Volkswagen
36. Intel
37. DuPont
38. Deere
39. Goldman Sachs Group
40. Marriott International
41. eBay
42. Cisco Systems
43. Accenture
44. Daimler
45. Wells Fargo
46. AT&T
47. Ralph Lauren
48. St. Jude Medical
49. Oracle
50.* General Mills
50.* Honda Motor
50.* Unilever
Izoh: * – reytingda durrang natija ko‘rsatgan.
Mavzuga oid: Amazon, Apple, Fortune, Google, reyting
URL: http://infoman.uz/2012/03/most-admired-companies/