$IMAGE1$ "Bilayn” mobil aloqa operatori O’zbekistonda birinchi bo‘lib iPad planshetlarining ikki modeli sotuvi boshlanganligini e’lon qildi. Bu Apple’ning tasdiqlangan reselleri maqomi berilganligi tufayli mumkin bo‘ldi, deyiladi kompaniya matbuot xizmatining press-relizida.
Press-relizga ko‘ra, Toshkentdagi "Bilayn” salonlarida planshetlar quyidagi narxlarda sotiladi:
Retina displeyli iPad Mini 32 Gb — 2 299 000 so‘m Retina displeyli iPad Mini 64 Gb – 2 599 000 so‘m iPad Air 32 Gb – 2 599 000 so‘m iPad Air 64 Gb – 2 899 000 so‘m Biz ushbu narxlarni "Malika” savdo rastalaridagi narxlar bilan solishtirdik. Quyida planshetlarning "Malika”dagi narxlari bilan tanishing:
Retina displeyli iPad Mini 32 Gb — 2 030 000 so‘m Retina displeyli iPad Mini 64 Gb – 2 378 000 so‘m iPad Air 32 Gb – 2 146 000 so‘m iPad Air 64 Gb – 2 436 000 so‘m Hisob-kitob natijalariga ko‘ra, "Bilayn”dagi narxlar "Malika” rastalardagi narxlardan o‘rtacha 16 foizga, xususan iPad mini 11 foizga, iPad Air esa 20 foizga qimmat.
Shu bilan birga, "Bilayn”da sotilayotgan planshetlarni ham naqd pul, ham plastik kartochkaga sotib olish mumkin. Bundan tashqari, qurilmalarga rasmiy kafolat beriladi.
Iste’molchilar qimmatroq, ammo kafolatli planshetlarni "Bilayn”dan plastik kartaga yoki "Malika” rastalaridan arzonroqqa naqd pulga sotib olishlari mumkin.
|