Beeline aloqa operatori Facebook’dagi hamjamiyatida "Romantika” tanlovini o‘tkazmoqda. Bu haqda Beeline matbuot xizmati xabar berdi.
10-fevral 14:00 gacha Beeline Uzbekistan foydalanuvchilari o‘z umr yo‘ldoshi ismi oldiga @ belgisini qo‘yib, uni belgilagan holda sharh qoldirishlari mumkin. O‘z yozuvi ostida eng ko‘p "Layk” ("Menga ma’qul”) belgisini to‘plagan ishtirokchi 14-fevral kuni International Hotel Tashkent mehmonxonasining Allegro restoranida bo‘lib o‘tadigan go‘zal romantik kechaga ikki kishilik taklifnomani qo‘lga kiritadi.
"Bizning onlayn loyihalarimizning o‘ziga xos xususiyati ularning ochiq-oydinligidadir. International Hotel Tashkent bilan birgalikdagi yangi tanlov buni yana bir bor tasdiqlaydi, — deb izoh berdi kompaniyaning Jamoatchilik bilan aloqa xizmati rahbari Oraz Abdurazakov.— Sovuq qish kunlarida barcha ishtirokchilarimizga romantik kayfiyat va tanlovda g‘olib bo‘lishni tilaymiz”.
Eslatib o‘tamiz, Beeline Uzbekistan sahifasi Markaziy Osiyodagi eng yirik Facebook uyushmasi hisoblanib, o‘zida 130 000 dan ortiq kishini jamlagan.