Главная » 2014»Апрель»11 » Beeline chiqish qo‘ng‘iroqlari daqiqasi narxlarini oshirmaslikka qaror qildi
12:56
Beeline chiqish qo‘ng‘iroqlari daqiqasi narxlarini oshirmaslikka qaror qildi
Beeline mobil aloqa operatori barcha chiqish qo‘ng‘iroqlari daqiqasi 15-apreldan boshlab avvalgi narxlarda qolishini ma’lum qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
“Kun”ning ma’lum qilishicha, chiqish qo‘ng‘iroqlari narxlarini oshirmaslik to‘g‘risidagi qaror Beeline tomonidan 10-aprel, payshanba kuni qabul qilingan.
Eslatib o‘tamiz, Beeline mobil aloqa operatori 15-apreldan boshlab, “Status”dan boshqa barcha tariflarda chiqish qo‘ng‘iroqlari daqiqasining narxini yarim sentga oshirishi haqida xabar berilgan edi.