Zayniddin Zidan fransuzlarni Islom madaniyati bilan tanishtirishga intilmoqda
Afsonaviy fransuz futbolchisi Zayniddin Zidan har yili Ramazon oyi davomida Parijda iftorlik beradi, deb habar beradi islamportal.ru. Uch marotaba dunyoning eng zo'r futbolchisi deb tan olingan, 1998 yilda Jahon kubogini qo'lga kiritgan Fransiya terma jamoasining sobiq kapitani bo'lgan Zayniddin Zidan so'nggi bir necha yillar davomida har yili Ramazon oyida musulmonlarga iftor qilib berishni odat qilgan. U Parij shahri ma'muriyati bilan hamkorlikda iftor o'tkazish uchun kerakli oziq-ovqatlar yetkazib beriladigan mahsus stendlar tashkil qilgan. Zidan boshqa shaharlarda iftorliklar o'tkazayotgan do'stlari bilan ham hamkorlik qiladi. Nafaqat fransuzlarning, balki butun dunyo futbolsevarlarining kumiri hisoblangan Zayniddin Zidan mahalliy telekanalga bergan intervyusida o'z vatandoshlarini muqaddas Ramazon oyi va Islom madaniyati bilan tanishtirishga harakat qilayotganligini aytgan.