Sherlar.uzga man ham ilk bor kira boshladim.Buyerda hamma boshidan kechirgan voqea hodisalarni kiritar ekan.
Orzu!! - Man ham yoshlik davrimda doim chiroyli qizlarni yaxshi ko'rardim, ularga qarab qani edi man ham shunaqa chiroyli bo'lsam , shunda atrofimda hamma parvona bo'lardi deb o'ylab chiroyli qizlarni orqasidan qarab qolardim, Kollej davrida 2- kursimizda guruhimizga yangi bir qiz qabul qilindi. U juda ham man- man , kekkaygan, osmonda yuradigan qizga o'xshab ko'rinar edi. Uncha chiroyli deb ayta olmasdik ammo unda qanaqadir o'ziga torta oladigan husni ,Istrasi bor edi Uning ismi Laylo. Juda ham tortinchoq kam gap deysizmi yoki man- man, Hullas guruhga kirishishga urina boshladi, Laylo har kuni chiroyli liboslar kiyardi, o'ziga juda ham e'tibor berar edi, sochlarini har kuni xar xil turmak qilar edi. Bu albatta qizlardan ko'ra yigitlarga ko'proq yoqardi, Ishonasizmi guruhdagi qizlar ham birdaniga o'zgardi Layloga o'xshashga unga taqlid qila boshladi shular qatorida man ham. Layloni yaxshi ko'radigan yigitlar atrofida juda ko'paya boshladi, Laylo hamma yigitlarga yomon gapirib haqorat qilardi gaplashmasdi, Ba'zan yigitlar LayLoni qiliqlariga yomon gaplar gapirib uni xaqorat qilishganiga guvoh bo'lib qolardim. Shundan so'ng Laylo bilan dugona bo'lishga xarakat qildim, Laylo bilan yaxshi kursdosh ham dugona bo'lishga unchalik ishonmasamda ammo qandaydir o'zimi sinab ko'rgim keldi. Laylo mani yaxshi qabul qildi. U haqidagi fikrim o'zgara boshladi u ham oddiy qiz sodda uninng ko'rinishigina faqat sal kibirli ekan. Afsuski boshqalar uni bilmasdan hafa qilishar edi. Guruhimizda boshqa qizlar uni sig'dirmas edi. Katta kursdagi o'g'il bollar esa qani edi shu qizni otib tashlasam deb Layloga qarab aytar edi Laylo esa indamey yerga qarab o'tardi, yana bosha bollar esa hudo biladi bu qiz qancha yigitlar bilan yurgan deb. Deyarli Laylo O'qishga kam keladigan bo'lib qoldi. Man bir kuni uyiga bordim ochiq chexra bilan mani kutib oldi.- Laylo nega o'qishga bormayapsan deb so'radim? Laylo esa- bilasanku yurgan yo'limda hamma manga yomon ko'z bilan qaraydi deya javob berdi. -Man ham qo'y shu kim kimlarni gapiga o'qishga bormaysanmi ertadan o'qishga bor deya uyga ketdim. yo'lda Layloni hattosini o'ylab-o'ylab uyga ketayotib ko'p ham hammani etiboriga tushib yurish ham baxt olib kelmas edi. Laylo esa doim hammani etiborini tortish uchun xar-xil kiyimm xar xil soch turmagi unga ko'p noxushliklarniolib kelar edi. O'zi yaxshi qiz bo'lsada atrofdagilar esa u haqida yomon salbiy o'ylashar edi. Layloni yuragi yo'q uning yuragi tosh deb o'g'il bollar unga laqab qo'yishdi. Layloni ham yuragi bor u ham sevgan ekan faqat sevgan insoni uni tashlab ketgan sababini esamanga aytmadi. Uni ko'zlari qandaydir mayus unga rahmim kelib ketadi ba'zan. Kollejda 23 dekabrda yangi yil bayramiga tayyorgarlik ko'rayotgan kunimizda Laylo Sevgan insoni xaqida gapirib bera boshladi yangi yilga oz vaqt qolganda Internetga kirgan ekan o'sha yerda bir bola bilan tanishib qolibdi, bir yil faqat internetda gaplashibdi, Ohiri yangi yilga 1kun qolganda Laylo o'sha Internetdagi bola bilan ko'rishibdi , Layloga yigit yoqibdi ammo yigitga Laylo sa yoqmaganmi uchrashuvdan so'ng yigit 1-2 kun jim bo'libdi internetga ham kirmabdi.Laylo bilan gaplashmabdi bir kuni Laylo gul olish uchun do'konga kiribdi do'kon ichida bir chiroyli o'ziga yarshgan kiym kiyib olgan yigit chiroyli gul dasta olayotgan ekan havas bilan unga qarab ho'rsinib do'konchi xolani chaqiribdi o'sha bashang kiyinib olgan yigit ham shunday Layloga qarasa O'sha Laylo Internetda tashishgan yigit ekan ,Layloni birdan kayfiyati tushib ketibdi, do'kondan indamiy chiqib ketibdi shunda yigit ham Layloni ortidan chiqibdi. Yigit Laylodan so'rabdi mandan hafamisiz deb? Laylo yo'q deya javob beribdi. Shunda yigit nega gul do'kondan hech nima olmadiz ish qilib mani deb emasmi debdi. Laylo yo'q manga yoqadigan gul yo'q ekan debdida endi ketmoqchi bo'libdi Yigit- Laylo siz boshqachasizda xali ham o'sha nomerdamisiz deb so'rabdi Laylo tel qilib ko'ring bilasiz debdida Taksi saxlab ketibdi. Oradan 1 -kun o'tgach yana o'sha yigit tel qila boshlabdi .Laylo ham u bilan yana gaplashishni boshlabdi deyarli har kuni uzoq-uzoq gaplasha boshlabdi. Laylo bilan o'sha yigit haftada bir ikki marotaba ko'rishib turar ekan . Uchrashib tursa ham Layloni qo'lidan bir marotaba ham ushlamagan ekan hatto salomlashmas ham ekan shunday yaxshimisiz deb so'rashib qo'yishar ekan. Shu tariqa Laylo uni juda ham qattiq sevib qolibdi Yigit o'qishga kiraman deb Toshkentga ketibdi ketgan kunidan boshlab Layloni eslamiy qo'yibdi xullas shu- shu yana Laylo ko'z yosh bilan qolib ketibdi. Shunaqa deb manga aytib berdi shuning uchun ham yigitlar bilan u gaplashmas ekan, faqat uni sevib qolgan yigitlarga do'st sifatida gaplashishini aytadi undan ortig'i bo'lmaydi deb javob beradi, Layloni yaxshi ko'rib hozir ortidan qolmasdan yuradigan kursdoshimni o'zim ham yaxshi ko'raman afsuski u mani emas Layloni yaxshi ko'radi. Ba'zan Laylo bizning kollejga kelmaganda balkim kursdoshim mani yaxshi ko'rib qolarmidi deb ham o'ylab qolaman. Sevgi g'alati tuyg'uda hamma ham shu g'alati tuyg'uga ega bo'la olmaydi. Man qachon kimga e'tiborim tushsa bir oz yuragimga manzur bo'lsa o'sha odam bilan ozroq do'st bo'lsam unga ko'nglim tushsa o'sha odam ga o'rganib qolishim bilan mandan uzoqlasha boshlaydi. Ba'zan aksi man bilan do'stlashishni xoxlaydiganlarni man xoxlamayman. Bu taqdirmi do'im biz xoxlagan ishlar bo'lmas ekan biz shunchaki atrofdagilarni qadrini bilishni o'rganishimiz kerakligini tushuna boshlayapman. Yoshlik o'tib ketdi yuragimda esa sevilish baxtiga muyassar bo'lmadim deya o'kinch yashamoqda. Yurak nolasi!! Termulaman zor yo'llaringa Davo topmay dardlarimga Qiynalaman O'rtanaman Tashlab ketma yolvoraman yurak nolasi bu samolarga yitmagan yurak nolasi bu dildan uchib ketmagan yurak nolasi bu yurak nolasi joyiga yitiy deydi yuqdir uni egasi
|