Meni so'rab onam kelmadi,
Bir bor sog'inib otam kelmadi,
Bu kemtik ko'nglim to'ldirib,
Hech bir zot *Yur ketdik bolam* demadi.
Yig'ladim onam sizni sog'inib,
Yig'ladim otam sizni sog'inib,
Ox, qani kelsaydingiz bir bora eslab,
Desaydingiz* Biz keldik, bolam sog'inib*.
Ona eslolmayman yuzingiz,
Qoramikan xuddi menday ko'zingiz.
Bir bora eshitsam armon yo'q edi,
*Bolam* degan birgina shirin so'zingiz.
Yig'ladim xar kuni ko'zim edi nam,
Bolalikdan bildim ne ekanin g'am,
Naxot armon bo'lib qoladi menga,
Birgina so'zingiz* Yur ketdik bolam*.
Onam ko'rmaysiz ko'zdagi yoshni,
Alamim yoradi xattoki toshni,
Yig'lab zor kutyapman xamon,
Meni tashlab ketgan ul Bag'ritoshni.