Ana xolos! Buni kim ham o`ylabdi deysiz?! KPR bugun maydonda haqiqiy "tentaklik" qilishiga oz qolgan edi. Biroq so`nggi daqiqalarda urilgan ikki gol barchasini o`zgartirib yubordi! APL bosh sovrini "Siti"ga nasib etdi!
"Siti" o`z uyida KPRga imkoniyatni boy berib qo`yisha oz qoldi. Ular so`nggi daqiqalargacha hisobda ortda bordilar. Biroq ular hakam tomonidan qo`shib berilgan daqiqalarda ikki gol urib, chempionlikni naqd qilishdi. Biroq bunga haligacha ishongisi kelmaydi kishining...
"MYu"ning chempion bo`lishi uchun esa "Sanderlend" darvozasiga urilgan bittagina gol kifoya qilmadi. Butun mavsum davomida jamoani o`z orqasidan ergashtirgan Runi jamoasining ushbu mavsumdagi so`nggi golini urdi. Biroq "iblislar"ga chempion nasib etmadi.
"Siti" chempion! Bu mo`jiza! So`nggi daqiqada ikki gol! Yayra Manchester, yig`la Manchester! "Siti"ning barcha muxlislarini chempionlik bilan tabriklaymiz, "MYu" muxlislariga esa sabr tilaymiz...
Angliya chempionati, 38-tur
"Manchester Siti" – KPR — 3:2
Gollar: 1:0 - Sabaleta (39), 1:1 - Sisse (48), 1:2 - Mekki (66), 2:2 - Djeko (90), 3:2 - Aguero (90).
Manchester Siti: jo Xart, Sabaleta, Kompani, Leskott, Klishi, Yaya Ture (N. de Jong, 45), Berri (Djeko, 69), Silva, Nasri, Aguero, Teves (Balotelli, 76).
KPR: Kenni, Onuoxa, Xill, A. Ferdinand, Tayvo, Mekki, Derri, Rayt-Fillips, Barton, Zamora (Botroyd, 76), Sisse (A. Traore, 59).
Ogohlantirishlar: Botroyd (77).
Chetlatish: Barton (55).