Qadim zamonda bir bechora kambag'al yetim yigit bo'lgan ekan, u juda ochiq ko'ngil, mehnatsevar, hammaga qo'ldan kelgancha yordam berarkan. U juda ko'p mehnat qilar ekan lekin shuncha mehnati evaziga topgan puli atiga 2 ta nonga yetarkan. U bitta nonni o'zi yer 2-sini esa baliqlar yesin deb daryoga oqizar ekan. Kunlarning birida mamlakat podshosining qizi o'z soqchilari bilan sayrga chiqibdi sayr qilib yurishganda qaroqchilarga duch kelib qolishibdi malikaning hamma soqchilari halok bo'libdi, malika esa bir amalllab qochib jon saqlab qolibdi. Qochib qochib, Daryo bo'yiga yetganda xushidan ketib yiqilibdi. Kambag'al yigit esa har kungiday ishlab topgan puliga 2 ta non olib birini o'zi ikkinchisini daryoga oqizardi. Malika xushiga kelib ko'zini ochadi va o'rnidan turishga harakat qiladi ammo tura olmaydi chunki oyog'i yaralangandi. Qorni ochgan nima qilishini bilmay yig'lab turgan paytda yoniga bitta non oqib keladi va hursand bo'lib nonni yeb qornini to'yg'izadi. Bu paytda podsho qizini qidiruvga beradi ammo malikadan darak bo'lmaydi, shu zaylda oradan 40 kun vaqt o'tadi, shuncha vaqt ichida malika kambag'al yigit baliqlarga oqizgan nonini yeb jon sablab qoladi. 41 kun podshoni askarlari malikani topib saroyga olib kelishadi, podsho juda hursand bo'lib qizidan shuncha kun qanday jon saqlab qolganini so'raydi. Shunda malika menga 40 kun davomida kimdir har kuni bittadan non yetkazib turdi deb bo'lgan voqeani aytib beradi. Keyin podsho bu nonlarni kim oqizganini bilish uchun o'sha insonni topishga farmon beradi va kambag'al yigitni saroyga olib kelishadi. Keyin esa uni qilgan yaxshiligi evaziga mukofot sifatida malikani unda turmushga beradi va qirolikni podshosi qilib tayinlaydi. Xulosa; yaxshilik yerda qolmas. Azizlar qo'limizdan kelgancha yaxshilik qilaylik, zero yaxshilik yerda qolmas qachondir albatta qaytadi...
|