Ox bunchalar beshafqat bo'lmasang dunyo,
Nechun sening mushkul sinovlarin ko'p.
Tog'lar ko'tarolmas toshingni go'yo,
Inson zoti olib yurar yelkasida xo'b.
Umrga nisbatan xosdir bir jumla,
"Hayot goho shodlik, goho g'am".
Yuragimni qilar ming tilka pora,
Yaqinlarim ko'zlarimda ko'rsam nam.
Yashagim ham kelmas ba'zida,
Hayotga qiziqish qolmaydi hech ham.
So'zlamang siz menga dunyo haqida,
Yaqinlarim ko'zlarida ko'rsam nam.
Qiziqtirmas qizlar, tannoz xonimlar,
Dunyoning eng qimmat boyliklari ham.
Hayotga muhabbat so'nar shu onda,
Yaqinlarim ko'zlarida ko'rsam nam!
Hurmat bilan Dilshodbek!