UYLANISH-2
Hammaga keng bu olam.
Menga tordek bo'lyapti.
Xarkuni hafa onam.
"UYLANASAN" deyapti.
Onam xarkun qiz topar.
Uchrashuvlar avjida.
Ko'plari og'zim yopar.
Yaxshilari kam juda.
Sochi uzun o'rilgan.
Qolmabdi atlas kiygan.
Hammasi soch bo'yagan.
Yengi yo'q, kalta kiygan.
Bir qarich tillari-yu.
Yarim qarich yupkasi.
Hammayog'i lang ochiq.
Yo'q ediyo-v ko'ftasi.
Med kallejni bitirgan.
Och bo'riday qutirgan.
Qilgan ishlari buni.
Basharasiga "urgan".
Hullas uyga kevoldim.
Onamni oldiga bordim.
"O'qimagani bormi?"
Deb birdan baqirvordim.
Med kallej-u Pediyam.
Kasib hunar Setiyam.
Hammasi sharmandaku.
Esli qiz toping Onam.
Ibo hayoni bular.
Diplom ishga yozvorgan.
Ho-ho-lab kulib yurar.
Uyatni ham sotvorgan.
Biri domla no'merini.
"dadasi" deb yozvobdi.
Ovora qilib meni.
Uchrashuvga bx*q bormi?
Hamma ushbu zamonda.
O'qigan qiz izlaydi.
Nomusidan bexabar.
Oyligini ko'zlaydi.
Lekin o'qigan qizlar.
Manga vashshe mosmasda.
Chunki kamina bilar.
Sizlar kabi lo'xmasda!
O'qigan qizni olish.
Yo nochorlik, yo lo'xlik.
O'qimagan qiz olish.
Ham donolik, ham to'qlik.
Maslaxatim bollarga.
O'qimagan qiz oling.
Bunaqasi kam juda.
Sovchini tez yuboring.
O'qigan qizni osez.
Birinchisi bo'mesiz.
Kimdur yegan somsani.
Haqini siz to'lesiz.
Jippillab uyalmasdan.
Tong saxarda ketadi.
Kun bo'yi o'qimasdan.
Shom paytida keladi.
Oddiy Nyuton qonunlarin.
Bilmaydi alam qilar.
Tortish kuchi deganda.
Bu qizlar ochiq kiyar.
Hop shundayin zamonda.
O'qisin uhlab qoguncha.
Yo'q bular o'qimaydi.
Kayf qilar tong otguncha. :D
Hazllashdim do'stlarim.
Hazl erur hammasi.
Shunaqa zamikayna.
Janob-prikol kallasi.
Shunday imkon borida.
O'qing imkon boricha.
Yarab halqning koriga.
Nur bo'ling ochib darcha.
Muallif: janob-prikol 2014 y
KITOB
Tushimga kiribdi bir kuni kitob.
Haddan ziyod xarob ahvoli.
Yuzida ming faryod, aylardi xitob.
Dimog'im bo'g'ardi uni savoli.
-Endi meni keragim yo'qmi?
Nega uloqtirding meni jovonga?
Aqldan shunchalik ko'ngillar to'qmi?
Keragim qolmadimi? endi zamonga.
Xechkim o'qimaydi, yozadigan ko'p.
Planshet a'lodur, alifboyimdan.
Meni yirtib... noxot soladigan ko'p.
Xechkim olib qo"ymas ... sigir poyidan.
Ho'p dedim, chidadim, o'qimay qo'yding.
Sabirim qolmadi zarra toqatga.
Qog'oz yuragimni olovda so'yding.
Ishlatib yubording xojatga.
Kitoblari qolgan kutubxonani.
Majburan obuna bo'lar o'quvchi.
Asrlab asragan asarlarimni.
Xaridori faqat, pista sotuvchi.
Telefonni yaratish uchun.
Mendan to'plangandi barcha ma'lumot...
Shu yerga kelganda yetmadi kuchim.
Shu so'zga dod soldi butun koinot.....
Muallif; janob-prikol 2014
SOG'INMAY QO'YDIM...
Ayriliq sababi rashk bo'lgan.
Sog'inchga sabrimni tutganman.
Hijronlar vaqt o'tib hal bo'lgan.
Men seni sog'inmay qo'yganman.
Armonni o'rgatgan azizam.
Ko'zingda o'zgani ko'rganman.
Hayoldan qo'ymagan bo'lsam ham.
Men seni sog'inmay qo'yganman.
Avvalar sen uchun o'lardim.
Bugun bu so'zimdan qaytganman.
Sog'insam oldinga borardim.
Bormadim...., sog'inmay qo'yganman.
G'ururim yengidi sevgimni.
Yolg'on so'zlaringdan to'yganman.
Topib ham bo'lganman tengimni.
Men seni sog'inmay qo'yganman.
Bevafo xiyonat qilding sen.
Ilk bora bir seni suyganman.
Seni bilmadim-ku, lekin men.
Umuman sog'inmay qo'yganman.
Bas qilgin tinchimni buzishni.
Qo'ng'iroq qilmagin to'yganman.
Bas qilgin ustimdan kulishni.
Men seni sog'inmay qo'yganman.
Muallif: janob-prikol
|