Главная » 2014»Октябрь»3 » Xitoyda olti soat ichida 2 million dona iPhone 6 smartfoni buyurtma qilindi.
13:18
Xitoyda olti soat ichida 2 million dona iPhone 6 smartfoni buyurtma qilindi.
$IMAGE1$
Xitoyda iPhone 6 smartfonlarining sotuvi 17-oktabrdan, ularni buyurtma qilish esa 10-oktabrdan boshlanishiga qaramasdan, 1- oktabr kuni mamlakatning China Mobile, China Unicom va China Telecom operatorlari yangi Apple smartfonlari uchun olti soat davomida buyurtma qabul qilgan. Ushbu uch kompaniya Xitoyning mobil qurilmalar bozorini nazorat qiluvchi operatorlar hisoblanadi. Phonearena.com saytining Xitoydagi Feng saytiga asoslanib xabar berishicha, ushbu olti soat davomida 2 million dona iPhone 6 smartfonlari buyurtma qilingan. Bu juda katta raqam, chunki Apple 9 ta davlatda iPhone 6 uchun buyurtma qabul qilishni boshlaganidan so‘ng, ilk 24 soat ichida 4 million dona iPhone 6 smartfonlari sotilgan edi. Ammo Xitoyda 1,2 milliard mobil qurilma foydalanuvchisi borligini va ushbu mamlakatda katta displeyli mobil qurilmalar juda mashhur ekanligini inobatga olsa, bu raqamlarga ishonish mumkin. Eslatib o‘tamiz, Apple 4,7 dyuymli iPhone 6 va 5,5 dyuymli iPhone 6 Plus smartfonlarini ishlab chiqargan edi.