Notanish xislarni yozib qog'ozga, Dilimni tirnagan darddan qutildim. Dardimni tushunmay notanish xislar, Menga nazar qilmadi xissiz odamlar.
Kimlardir yashaydi baxtga intilib, Men yashadim boriga shukurlar qilib. Kimlardir noliydi dunyoga kelib, Men esa yig'ladim dildan quvonib.
Boshimizda sinovlar hammada har xil, Hammani o'z dardi boshidan ortiq. Mening ham boshimda bordir sinovlar, Lek dardimni tushinmas bilmam odamlar.
Kimgadir Ona yo'q kimgadir Ota, Kimgadir farzand yo'q kimgadir oila. Tanimay qoladi boylik kelganda, Kambag'alni bolasi bor boylik o'rnida,
Sinovli dunyoda alamdan kuyib, Yig'layin deymanu yomg'ir yog'maydi. Ko'z yoshim ko'rmasin deya dushmanim, Yomg'irga berkitdim bu ko'z yoshlarim.
She'rlarimda xislar ko'p kimga notanish, Kimlardir yig'laydi bu xislar tanish. Dunyoga kelibman she'rim atalmish, Hayotning xislarin dardlarin bitmish..!
Sasha.b - Ijodidan..!
|