Mayli ketay ko'z yoshlarim yomg'irday sochib. Mayli o'zga yor ol lek uni quchib, Xayr deginu alvido dema. Mayli vaslingga to'ymasin ko'zim, Bilaman hammasiga aybdor o'zim. Bu dunyodan ketarman eng so'ngi so'zim, Tinch bo'lgin deginu alvido dema. Mayli zamin ichra yolg'iz men qolay, Mayli barcha aybni o'zimga olay. Mayli yolg'izlikda sargardon o'lay, Omon bo'l deginu alvido dema. Mayli bir zum ox uray qarshingda turib, Mayli keyin uzoq yurtga ketayin kulib. Seni eslay mayli oyga termulib, Yaxshi borgin degin alvido dema. Bilasan mening dardim bedavo, Hech bo'lmasa o'lgunimcha qil menga vafo. Agar tabiblar dardimga topsa davo, Ket deginu lekin alvido dema. Kapalakday yoningda parvona bo'lay, O'l degan qoshingda tiz cho'kib o'lay. O'ch degin mayli shamdayin so'nay, Sevma meni lekin alvido dema. Etiborlaring uchun raxmat Jasur_uz
ajoyib k6nglimdagini yozibsiz. Sevgan insoning alvido desa huddi yuragingga pi4oq sanchib yulib ketay deydi. Nafas olish ham qiyinlawib qoladi. Bunaqa azobni seviwganlarga tilamiman. Hamma 6z sevgiliga yetiwsin.