Главная » 2013»Июнь»14 » Xakerlar O‘zbekiston futbol federatsiyasi rasmiy saytiga hujum uyushtirdi
00:12
Xakerlar O‘zbekiston futbol federatsiyasi rasmiy saytiga hujum uyushtirdi
O‘FF rasmiy sayti bosh sahifasida paydo bo‘lgan xabarda aytilishicha, federatsiya sayti, Tvitterdagi barcha akkauntlari va elektron pochta manzillari xakerlar tomonidan buzilgan.
O‘FF rasmiy sayti – the-uff.com manzilida paydo bo‘lgan sahifada "Terma jamoa jahon chempionatiga chiqolmapti… Ha, chiqolmaydiyam-da!” deb yozilgan. Bundan tashqari, u yerda milliy terma jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimovga demotivator surat ham qo‘yilgan. Uning ostiga esa "Avtogol zo‘r chiqdi-a?” degan yozuv joylashtirilgan.
Ushbu hujum 11-iyun – O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2014 saralash bosqichi doirasida Janubiy Koreya bilan o‘tkazilgan o‘yinda imkoniyatni boy bergan kuni amalga oshirilgan.
Clone Security xakerlik guruhi bungacha O‘zMTRK saytiga ham hujum uyushtirgan edi.