Kimdir uxlamasdan she'r yozar,
Kimdir osongina ko'chirib olar,
Sizlarni nima deb atasam bo'lar,
Vijdoningiz bormi ey o'g'rilar...
O'zingizcha shoir bo'lib olasiz,
Odamlarga men yozdim deb aytasiz,
Internetda soxta obro' topasiz,
Vijdoningiz bormi ey o'g'rilar...
Sizlarga atab yozilar she'rlar,
Sizlar sher emassiz chiya bo'rilar,
Ba'zilar xattoki xursand ham bo'lar,
Insofingiz bormi ey o'g'rilar...
Sizlarga bu gaplar befoyda,
Gapirsak ham har, kun har oyda,
O'zgarmasdan qolasiz shu xolda,
Qiyomatni o'ylang o'g'rilar...
Hech bo'lmasa Muallif ismini ayting,
Lotinchani krilchaga o'girib yozing,
Umrizda bir marta xalol ish qiling.
Omad sizlarga ey o'g'rilar...
Muallif: KIcHkInA_RePPeR
|