Bu yurakda muhabbat tindi..!
Lek bo’g’zimda tutramoqda sas..!
Vido aytib ketaymi endi..?
O’tinch bo’lsa qalbimdagi soz,
Izg’irinlar muzlatganda boz,
Xabar bilan,chiqarmay ovoz,
Vido aytib ketaymi endi..?
Boqmoqdadir ko’zlarim mahzun,
Armonlarim uzundan uzun,
So’zlamoqqa chiqarolmay un,
Vido aytib ketaymi endi..?
Yonish yo’qdir,sevgi ham bekor,
G’o’r qalbingga yetkazib ozor,
Boqib tursa ko’zlaring humor,
Vido aytib ketaymi endi..?
Izhor etmay,ohirgi safar,
Higohingga chidayolmay gar,
Jahannamdan etsangda habar,
Vido aytib ketaymi endi..?
Menga og’ir ichmoq ko’zyoshing,
G’amlar toshi boshingda sindi..!
Toshdan qattiq bo’lsa-da boshing,
Vido aytib ketaymi endi..?
Mozorim yo’q,qabul qilmas yer.
Yuragimning saslari tindi,
So’nggi bora..so’nggi izn ber..
Vido aytib ketayin endi..!
Muallif:EL_SHaFeY