Har bir kunni o`lcha, sarflagan har bir daqiqangni hisobga ol! Faqat vaqt masalasidagina xasislik qilish mumkin.
Tomas Mann,
nemis yozuvchisi.
O`rtamiyona odam vaqtni tez o`tkazish payida bo`ladi, iste`dod egasi esa vaqtdan foydalanish payida bo`ladi.
Artur Shopengauer,
nemis faylasufi.
Inson boshiga tushishi mumkin bo`lgan eng og`ir yo`qotish - vaqtni boy berishdir.
Teofrast,
qadimgi yunon faylasufi.
Odamzot hayoti tejalgan vaqtga qarab uzayadi.
Frenk Kollier,
amerikalik olim, ruhoniy.
Odam tabiati qiziq - boyligini yo`qotsa xafa bo`ladi-yu, umri zoe ketayotganiga parvo ham qilmaydi.
Abul Faroj,
arab shoiri va olimi.