Kerakmas deb eshitmayman sho'x qo'shiqni....
Nahot endi topolmasam bitta ishqni...
Izlayverib oyoqlarim tolib ketdi...
Chin sevgilar titanikda qolib ketdi....
Tohir Zuhra, Layli Majnun qayda qoldi...
Chin muhabbat ketib dildan, armon qoldi...
Dil so'zlarin Umidaxon she'rga soldi...
Bu dunyoda bevafolar to'lib ketdi...
Chin sevgilar kitoblarda qolib ketdi...
Zamon boshqa hozir dildan sevmaydilar...
Sevgi uchun ming tirilib-o'lmaydilar...
Yori bilan ketib, baxtga to'lmaydilar...
Layli Majnun bizlarga yot bo'lib ketdi...
Chin sevgilar sog'inchlarda qolib ketdi...
O'tgan kunlar, o'tib ketdi qaytmas bo'lib...
Ishq degani ermak bo'ldi, bugun kelib...
Erta so'nar tuyg'ulari, har kun sevib...
Yarim ko'nglim, yig'lab qoldi sirga to'lib...
Chin sevgilar ketib qoldi, qaytmas bo'lib...
Nahot endi sevgi yo'qdir o'ylanaman...
Shunday deya o'z-o'zimga so'ylanaman...
Har kun sog'inch qarshisida bo'ylanaman...
Yuragimda dard-alamlar to'lib ketdi...
Chin sevgilar ko'z yoshlarda qolib ketdi....
Sevgi bekor, hislar yolg'on deguvchilar...
Uyalmasdan, riyo bilan yig'lovchilar...
Boylik istab, tillo zarni sevguvchilar...
Orzularim, sog'inch qiynab olib ketdi...
Chin sevgilar armonlarda qolib ketdi...
Muallif: Erkin VA Umidabonu....