O'sha orzularni, visol onlarni... Shirin hayollarni, otash hislarni... Sevgi so'zidagi hayajonlarni... Unut deysan erkam, unutay qanday...
Sevardim, jonimdan ortiqroq seni... O'ylardim, sensiz hayotim xazon... Bilardim, ammo ishonmas edim... Tirikman ko'rgin, sensiz hayotman...
Xiyonat qilding, sevgimni xorlab... Aldama yetar, ko'zlaring yoshlab... Kechirib so'rama, va'dalar berma... Sensiz ham yashayman ko'rasan, mana...
Unutaman derman, o'zimga - o'zim... Qorong'u xonada, zulmatda qolib... Yig'layman alamdan, jimgina o'ksib... Baxtliman deyman, asli baxtsizman...
Unut deding - sekin taqdirga ko'nding... Ayriliq, umidsizlikka sen taslim bo'lding... Sevaman deysan shunda ham tinmay... Nahot qalbimni yaralab bugun sen ketding...
Esingdami sevgi izhor qilganing... Qo'llarimga sen uzuk taqqaning... Mening baxtim sen, deya erkalashlaring... Unutay qanday, taqdirga ko'nay..
O'ylamadingmi sen bir-bor ahvolim... Kelib ko'rmadingmi, telba bo'lganim... Ustimdan kuldingmi, sevdim deb aytding... Ko'nglim sindirganing nahot sezmading...
Unut deysan erkam, unutay qanday...
03.05.2012....15:48 Muallif: Umidabonu...
|