12uz.com nashrining xabar berishicha, Ukrainada 2012-yilda chiqarilgan Daewoo Nexia avtomobillarini boshlang‘ich narxining 10 foizi miqdoridagi chegirma bilan sotish boshlandi.
"70 ot kuchiga ega 1,5 litrli dvijokli yangi Daewoo Nexia bor-yo‘g‘i 62 000 grivna turadi (2013-yilda chiqarilgan shunday mashinalar esa 10 000 ga qimmat). Belgilangan pul evaziga xaridor Low Cost komplektatsiyasidagi konditsionersiz, markaziy qulfsiz, tumanga qarshi qurilmasiz va audio vositalarsiz bo‘lgan bo‘m-bo‘sh mashinani qo‘lga kiritadi. Ushbu qulayliklar kiritilgan mashinalarni esa 79 990 grivnaga (o‘tgan yili 91 550 bo‘lgan) xarid qilish mumkin”, – deb yozadi autoua.net.
Avvalroq xabar berilishicha, 2013-yilning birinchi yarmida GM Uzbekistan O‘zbekiston-Amerika qo‘shma korxonasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan har to‘rtinchi avtomobil Nexia markasi bo‘lgan edi. Uni ishlab chiqarish o‘tgan yilga nisbatan 28,7% ga kamayib – 30 431 donaga tushdi. Bu shu bilan bog‘liqki, o‘tgan yilning sentabrida Cobalt markasidagi avtomobillarni yig‘ish boshlandi va ularni ishlab chiqarish hajmi yarim yil ichida 29 750 donaga yetdi.
|