Intel kompaniyasining Make It Wearable – taqib yurish uchun mo‘ljallangan gadjetlar tanlovida ixtirochilar uchuvchi-braslet loyihasini taqdim etishdi. Bu haqda LookAtMe nashri xabar berdi. Nixie deb nomlangan ushbu qurilmaning asoschisi hamda muallifi Kristof Kohstol. Nixie qurilmasini kamera o‘rnatilgan kichik kuadkopter (dron) deb tushunish mumkin. U braslet kabi qo‘lda taqib yuriladi va zarur paytda qo‘lni ko‘tarish bilan uni uchirib yuborish mumkin. Shundan so‘ng, u bir nechta surat oladi va egasiga qaytib keladi.
Loyiha mualliflarining ta’kidlashicha, ushbu qurilma selfi suratlar olish uchun mo‘ljallangan va uning imkoniyatlari sabab ajoyib tasvirlar olish mumkin.