Rossiyaning Buryatiya Respublikasining Jida posyolkasida uch yoshli bola opasi bilan bekinmachoq o‘ynayotgan paytda muzlatkichga berkingan. Bu haqda "Noviy region” xabar bermoqda.
Bolani bir soatdan ko‘proq qidirishgan. Shundan keyin opa onasini yordamga chaqirgan. Ular qidirirish davomida bolani muzlatkichdan topishgan. Ammo bu paytga kelib go‘dakning joni uzilgan bo‘lgan.
O‘yin payti to‘rt yoshli opa ko‘zini yopib sanay boshlaganida bola qulflanadigan muzlatkichning ichiga berkingan. Ammo eski muzlatkichning ichkari tomonidan eshik ochilmagan. Ya’ni bunga yosh bolaning kuchi yetmagan.
Ikki bolali yosh oila 2012-yilning oxirida posyolkada uy sotib olishgan. Eski muzlatkich ularga uyning oldingi egasidan qolgan.
Ayni paytda bu ish yuzasidan surishtiruv-tergov ishlari olib borilmoqda.