Ucell aloqa operatori ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasida ularga WhatsApp dasturi orqali video va suratlarni jo‘natish bo‘yicha juda ko‘p murojaatlar kelib tushayotganini ta’kidladi. Kompaniya bu xizmatdan foydalanish bo‘yicha hech qanday cheklovlar o‘rnatmaganini rasman ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, WhatsApp so‘nggi kunlarda texnik muammolarga duch kelgani sababli o‘zbekistonlik WhatsApp foydalanuvchilari ommaviy tarzda Telegram dasturiga o‘tishni boshlagan, texnik nosozliklar haqida WhatsApp rasmiy tvitteri ham xabar bergan edi.
WhatsApp’dan Telegram’ga migratsiya ayniqsa 8—9-noyabr kunlari kuchaygan. Telegram rasmiy tvitteri ham juda ko‘p o‘zbekistonliklar Telegram’ga a’zo bo‘layotganini tasdiqlagan edi.