Dardim bilmay,xor bo’lgan,
Ko’ngil ishi tor bo’lgan, Qismati ozor bo’lgan.. U mushfiq onam edi..!
Mehrin arzonga sotgan, Yillar uzlatda qotgan, Diliga armon botgan, U mushfiq onam edi..!
Munis yuzli xolsizim, Dildan yakto yolg’izim, E voh..bugun jonsizim.. U mushfiq onam edi..!
Otam o’lgach parishon, Birortayam ko’rmay shon, Men-chun yashagan ishon, U mushfiq onam edi..!
Ne qildim men uning-chun, Qalbin aylolmay butun.. Yig’lab sog’indim bugun..! U mushfiq onam edi..!
Qaro tunlar qalbini, Bergan menga sehrini, Kech bildim men qadrini.. U mushfiq onam edi..! Diydorimga zor bo’lgan, Yillar ichra hor bo’lgan, Bu hayotga tor bo’lgan, U mushfiq onam edi..!
Ayo hikmatdan tushgan, Mehr-la boshim quchgan.. E voh so’nggi kunlarda.. Qo’llarimdan suv ichgan.. U mening onam edi…!
Erkin o’g’li ko’z ilgan, Mozor ichra qazilgan, Mehvarida…bitta so’z..! O’g’lim..debon yozilgan.. U onam qabri edi..! U onam qabri edi..!
Muallif: EL_SHaFeY
|