Nigora ertalab o’rnidan og’ir qo’zg’alib turdiyu..kechagi ichkilik zo’rligidanmi boshini Qo’li bilan changallab ingrab yubordi.. Biroz yotsam zora yahshi bo’lar degan umidda biroz boshini yostiqqa bosib yotdi.. Shu asnoda kechagi bazm sahnalarini yodlash boshladi..
Keng davra..eski qadrdon dugonalar..Sinfdosh dugonasi Barno so’z boshladi.. -Nigor..esingdagi qandoq davrlar ediya..Erdan qutuldim deb uyda kovakka berkinib yotaverasanmi..sen ham mundoq odamlar kabi ishlab 5-4 sum pul topib orzu havas qilishing kerak-ku..? -Xush birorta taklifing bormi..?ensa qotayotganini yashirolmay.so’radi Nigora.. -Xa endi..aytdim qo’ydimda dugon..! Namuncha qovog’ingdan qor yog’ib gapniyam eshitmaysan..huddi arpangni men hom o’rganimdek.. -Yo’ge..shunchaki hayolim joyida emas o’rtoq..necha kundan beri kayfiyatim yo’q..Boshingda turmush o’rtog’ing bo’lmasa qiyin bo’lar ekan..shunga kayfiyatim yo’qroq..nima ish qilishimni bilmay kuni bo’yi shiftga temulib yotibman.. -Xar safar shunday deysanu o’rtoq lekin biror ishni boshini ushlab mundoq harakat qilmaysan.. Bizni ham erlarimiz gullatib qo’ymagani uchun birga o’tiribmiz tumshayiiib..dedi qoshini chimirib gapga qo’shilargan Nasiba.. -Tushun Nasiba.senda hech bo’lmaganda ko’nglingni ko’tara oladigan farzanding bor lekin men unday ne’matdan bebahraman..yolg’izlik nima ekanligini tushunganingda edi..bunday demagan bo’lar eding.. -Haaa..gap buyoqda deign o’rtoqjon..Lekin hayotdan nolib yashaydigan bo’lsang..yoshing o’tib ketayapdi..Sen ham hayotga bir marta kelasan-ku..?Axir qachongacha yashashingdan nolib yashayverasan..Do’st achitib gapiradi dugon…tushungin-da bizni ham..seni davramizda homush ko’rib ichimiz achigandan gapirayapmiz..dedi Barno.. -Biror taklifing bormi..?qiziquvchan ohangda so’radi Nigora.. -Taklif..ha taklif bor ..lekin bu to’g’risida keyinroq gaplashamiz..hozir esa qo’lingdagi qadahni olginda..Bir qultum ichib yuborsang..hammasi joyiga tushadi..undan so’ng esa senga qanday yashashni o’rgatamiz to’g’rimi Nasiba…dedi Barno.. -Unaqada so’z navbati o’zlaridan bo’lsin Barno..dedi jilmayarkan Nasiba.. -Hush..Demak hurmatli honimchalar..tantanali ohangda so’z boshladi Barno..Bugungi ilk qadahni shu yerda biz bilan o’tirgan yaqin dugonamiz Nigorani bahtini ko’zlab ko’taramiz.. Nigoraga yahshi yigitlar uchrab..uni ham jajji farzandlik bo’lshini tilayman..mening tilaklarimga qo’shilganlar qadah ko’tarishlari mumkun…
Qani oldik..baralla qiyqirishib qadahni to’qnashtirib ko’tarishdi.. Undan so’ng esa eslolmaydi Nigora necha marotaba qadah ichilganiyu..necha marotaba sharafiga shonlar o’qigan dugonalari so’zlarini..
Oxir sarhushlik saal ko’paygandan so’ng Barno o’ylanib gap boshladi..
-Bir taklifim bor Nigora..agar ho’p desang aytsam..zora shu imkoniyatdan foydalanib..Ishlarimiz rivoj topib hammamiz orzuimizga yetsak.. -Qani so’zlangchi Asalim qanaqa taklif ekan..so’radi Nigora -Bir tanishim bor…uy joyli badavlat..U chet el bilan hamkorlik qilar ekan..shuni ketidan qator qator mashinalarini son sanog’I yo’q..hullas o’sha tanishim meni ham o’zi bilan hamkorlikka ishga taklif qilgan edi..shuni oldiga borib..maslahatlashsak..zora ishimiz o’ngidan kelib..hammasi joyiga tushib ketsa..dedi Barno -Hush qanaqa ish ekan..qiziqib so’radi Nigora.. -Hozircha men ham anig’ini bilmayman..Lekin albatta bilib olamiz..Axir qancha qancha ayollar chet elga borib..boy badavlat bo’lib ketishyapdi..bizni ham bunga haqqimiz bor.dugon..dedi Barno.. -Mayli bu haqda o’ylab olishim kerak..Maxalla kuy nima deydi..Bittayu bitta Akam bor boshimda..Uni oldidan o’tishim kerak..o’ylanib dedi Nigora.. -Mayli o’rtojon ertaga bo’lmasa bafurja maslahatlashib ..haligi tanishimni oldiga boramiz..undan keyin hal qilamiz bunday masalalarni..deb gapni uzil kesil tugatarkan Barno.. -Demak hozircha ishimiz uchun oldikmi..O”rtoqjonlar..dedi qadahni olarkan Nasiba..
Qadahlar ko’paygandan ko’payib..ketganidan keyin qanday uyga yetib kelganini Nigora eslolmaydi..
Boshini ohista ko’tarib..o’rinidan turdida yuvinishga endi kirib ketayotganda..Eshikni qo’ng’iriog’I asabiy jiringlab hayolini buzdi…