Portal tahririyatiga yordam so'rab toshkentlik fuqaro murojaat qildi. Uning qizi Qilichova Sadoqat o'tkir surunkali pielonefritga chalingan. Hozir sadoqat 28 yoshda, hayotining 27 yilini dorilar bilan o'tkazmoqda.
Qizda bu kasallik 1 yoshida aniqlangan. "O'shandan beri biz faqat kasalxonama-kasalxona yuryapmiz, topganimiz faqat dorilarga ketyapti”, - deydi qizning onasi Faziya Qilichova.
"Bir necha oy oldin men qizimga buyragimni bermoqchi bo'ldim, ammo shifokorlar uning hozirgi holatida bu hayot uchun xavfli bo'lishi mumkin deyishdi”, - davom etadi Faziya Qilichova. Mahalliy shifokorlar bilan birga qiz jiddiy davolanish kursidan o'tishi kerak, degan qarorga kelindi. Faqat shundan keyingina qarindosh donorning buyragini transplantatsiya qilish bo'yicha operatsiyani o'tkazish mumkin bo'ladi. Buni yaxshisi xorijda qilgan ma'qul.
Yaqinda Hindistondagi "Apollo Hospitals" (Nyu Deli) kasalxonasidan xat keldi. Hozir qizning onasi farzandini shu kasalxonada davolatish uchun kerakli summani yig'yapti. "Apollo Hospitals" mutaxassislarining xulosasiga ko'ra, davolanish va mehmonxonada yashash qiymati 3 oy uchun 30 000 AQSh dollarini tashkil etadi.
Sadoqat Qilichovaning onasi odamlardan qiziga iloji boricha yordam berishlarini so'rab murojaat qilmoqda! O'z navbatida ushbu voqeani va tibbiy xulosalar hamda ko'chirmalarning nusxalarini taqdim etdim.
Batafsil ma'lumot olish uchun qizning onasi va uning o'zi bilan bog'lanishingiz mumkin. Faziya Qilichova – 575 73 12 (mob.) 244 21 46 (uy) Sadoqat Qilichova – 678 27 28.
Qizga davolanish uchun taqdim etayotgan mablag'laringizni quyidagi hisobraqamga o'tkazishingiz mumkin:
O'zR Xalq bankidagi hisobraqam 29801000800000821014 (shartnoma №92), MFO 00821