Главная » 2014»Октябрь»2 » Toshkentda yangi Nokia XL smartfoni 460 000 so‘mdan sotila boshlandi.
00:45
Toshkentda yangi Nokia XL smartfoni 460 000 so‘mdan sotila boshlandi.
Toshkent shahridagi “Fleshka” savdo majmuasida Nokia XL Dual Sim smartfoni 460 000 so‘mdan sotilmoqda. Bu haqda Mobinfo.uz sayti xabar berdi. Ushbu smartfonda 1 GGs chastotaga ega ikki yadroli protsessor, 5 dyuymli displey, 5 megapikselli asosiy kamera, 768 Mb tezkor va 32 gigabaytgacha kengaytirish mumkin bo‘lgan 4 Gb ichki xotira, 2000 mA·soat quvvatga ega batareya, Android 4.1.2 operatsion tizimi o‘rnatilgan. U ikki SIM-kartada ishlay oladi. Unda Wi-Fi, Bluetooth va USB-port mavjud. Uning o‘lchamlari 141,4×77,7×10,9 millimetrni, og‘irligi esa 190 grammni tashkil etadi.