O‘zbeklar hayotining eng muhim, eng unutilmas onlari – to‘ylarda boshlovchilik qiluvchi eng qimmat kino va estrada yulduzlari, mashhur teleboshlovchilarning beshtaligi "Uz24” tomonidan e’lon qilindi.
Bu o‘ziga xos reytingda erkak va ayol boshlovchilar alohida ko‘rsatilgan.
Erkak boshlovchilar
1. Farhod Alimov – 1 400 000 so‘m
2. Davron Qobulov (sobiq teleboshlovchi) – 850 000-1 200 000 so‘m
3. Shuhrat Qayumov (suxandon va xonanda) – 850 000-1 200 000 so‘m
4. Rixsitilla Abdullayev (aktyor va teleboshlovchi) – 550 000-700 000 so‘m
5. Abdumo‘min O‘tbosarov (suxandon) – 700 000 so‘m
Ayol boshlovchilar
1. Dilnoza Kubayeva (aktrisa) – 2 800 000 so‘m
2. Nilufar Sotvoldiyeva (sobiq teleboshlovchi) – 1 400 000 so‘m
3. Dilorom Umarova (suxandon) – 850 000 so‘m
4. Dildora Rustamova (dublyaj aktrisasi) – 550 000-700 000 so‘m
5. Nigora Karimboyeva (aktrisa, teleboshlovchi) – 550 000 so‘m
Nashrning ma’lum qilishicha, yuqoridagi narxlar ushbu boshlovchilar xizmat qilgan to‘y egalari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazish orqali aniqlangan. Alohida bayram tadbirlarida xizmat haqlari yanada balandroq bo‘lishi mumkin.