Robert Tafts ismli bolakay Minnesota shtatining kichik aholi turar joy punkti — Dorsetga hokim etib saylandi. Eng qizig‘i, yangi rahbar bor-yo‘g‘i 4 yoshda. Xabar qilishlaricha, nomzodlar nomi qog‘ozga yozilib, shlyapa ichiga tashlangan. Tanlov jarayonida Robert Taftsning nomi chiqib, hokimga aylangan.
Yuqori martabali lavozimga tayinlangan bolakay hali ham bolalar bog‘chasiga boradi. Robertning jurnalistlar bo‘lgan suhbatida Dorset ko‘chalari bo‘ylab sayr qilish, oilasi bilan baliq oviga chiqish, qo‘shiq aytish va raqsga tushishni hush ko‘rishini ta’kidlagan. Mahalliy aholining so‘zlariga ko‘ra, Robert yosh bo‘lishiga qaramay, o‘z fikr-mulohazalarini aniq va ravon ayta oladi.
To‘rt yoshli bola murakkab muammolarni qanday hal etadi, deb o‘ylayotgandirsiz. Bu haqda tashvishlanishga hojat yo‘q. Chunki Dorset shahrining moliyaviy masalalari bilan mahalliy tadbirkorlar shug‘ullanadilar.