YAKSHANBA, 2024.12.29, 11:45
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS

Menu
Категории раздела
Новости Футбола
ozbekiston chempionat. jahon chempionati. evropa chempionati
ШОУ-Бизнес
Узбекский Шоу Бизнес JAHON SHOU BIZNES SHAHZODA RAYHON BOJALAR RAYXON.UZ SHAXZODA.UZ
SMS YUBORISH
BEPUL SMS YUBORISH UCELL MTS BEELINE PERFECTUM UZMOBILE BUTUN JAHONGA
QIZIQARLI
ENG QIZIQ AJOYIB PRIKOL ZOR MALUMOTLAR WWW.SHERLAR.UZ DA
MP3 KO`CHIRISH
BEPUL MP3 KOCHIRISH UZBEK RUS ARAB JAHON SHAXZODA RAYHON BOJALAR QASHQIRLAR MAKONI
MOBIL TELEFONLAR UCHUN
SOTKA UCHUN TEMA NOKIA TEMA MP3 JAVA KLIP KINO ZOR TEMALAR
Веб-Мастер
UZ DOMEN OLISH. UCOZNI ORGANISH BEPUL TK DOMEN. YANGI SHABLONLAR
TV SERIAL- ТВ Сериалы
QASHQIRLAR MAKONI YANGI. OZBEK SERIAL. UZBEK KINO
QO`SHIQ MATNI
YANGI QOSHIQLAR MATNI RAYHON SHAXZODA BOJALAR
IZOHLAR VA SMSLAR
YANGI SMS SHERLAR SHERLAR TOPLAMI
SEVGI
SEVGI MUXABBAT LOVE QIZLAR BILAN TANISHISH 14 FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI
JAHON YULDUZLARI
JAHON YULDUZLARI
KULGI -FUNNY-PRIKOL
PRIKOL XAZIL FUNNY PRIKOL FOTO XAZIL FOTOSURATLAR. KULGILI RASMLAR
ISLOM
TANLOV
Психология
PSIXOLOGIK TESTLAR! PSIXOLOGIK TESTLAR PSIXOLOGIK TESTLAR!
FOYDALI MASLAHATLAR
Тесты
Рейтинг
FIKR-MULOHAZA
---TANISHAMAN---
QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH.
MUXLIS--FANAT
TALAB VA TAKLIF
KASSA
FOYDALI SAYTLAR
ZOR SAYTLAR . PRIKOL SAYTLAR
SHERIYAT
KOMPYUTERLAR UCHUN
Реклама
PUL ISHLASH
INTERNETDA PUL ISHLASH. PUL TOPISH.
qizlar bilan tanishaman
qizlar bilan tanishaman
Афоризмы
Aforizmlar
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI
SHAXZODA RAYHON BOJALAR SHOXRUXXON. OZODBEK. SHOXJOHON
Гостевая
IBRATLI XIKOYALAR
WWW.SHERLAR.UZ
WWW.SHERLAR.UZ SAYTI UCHUN MAHSUS YANGILIKLAR HABARLAR SMS SHERLAR MADHIYALAR
Новости Узбекистана
Kliplar
Наш опрос
ENG ZOR KIM?
XAMMA JAVOBLAR: 1098

Статистика

XOZIR SAYTDA 10
MEXMON 10
FOYDALANUVCHI 0
Главная » 2013 » Август » 14 » Telefonlar bizni halok qiladimi? Yoxud mobil telefonlar haqidagi beshta ommabop mif
01:03
Telefonlar bizni halok qiladimi? Yoxud mobil telefonlar haqidagi beshta ommabop mif


Bor-yo‘g‘i o‘n yil avval uyali telefonlar baland ijtimoiy mavqe belgisi bo‘lib xizmat qilar edi. Bugungi kunda esa yosh bolani ham bu buyum bilan hayron qoldirib bo‘lmaydi. Smartfon va telefonlar hayotimizning ajralmas qismiga aylanib qoldi. Tom ma’noda biz ularsiz yashay olmaymiz. Tan oling, bu "hamroh”ingiz uyda qolib ketgan kuni o‘zingizni "qo‘lsiz” kishidek his qilasiz. Biroq, telefonlarning funksiyalari va yangidan-yangi dasturlarini o‘rganib ham, ularning texnik jihatlari haqida kam ma’lumotga egamiz. Ana shundan telefonlar haqidagi turli miflar kelib chiqadi. Maqolamiz orqali ushbu miflarni fosh qilishga bel bog‘ladik. Mobil telefonlarning sog‘liq uchun zararlari haqidagi eng ommabop savollarga bo‘limimiz esperti 2-Markaziy poliklinika oliy toifadagi fizioterapevt shifokori Hulkar Aliyeva javob beradi. 



Birinchi mif. Mobil telefon – elektromagnit nurlanish manbai

Ko‘pchilikning fikricha, mobil telefon cho‘ntakdagi kichik mikroto‘lqinli pech kabi sog‘liq uchun zararli. U butun organizmga – bosh miya qobig‘i, yurak va jinsiy tizimga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Uyali telefonning zarari haqida aniq bir javob yo‘q. Umuman olganda, bundan saqlanish mumkin. Telefonni xarid qilishda uning nurlanish darajasiga e’tibor berish zarur (bu ma’lumot SAR belgisi ostida telefonga ilova qilinishi kerak).

Shuni yodda tutingki, gaplashish chog‘ida mobil telefon quvvati 1 Vtga yetishi mumkin. Biroq, nurlanishning bir qismigina odamga yetib boradi, u ham organizmga deyarli ta’sir qilmaydi. To‘lqinlar energiyasining kichik qismi odamga singib, issiqlikka aylanadi. Albatta, bunday zaif issiqlik ta’sirini aniqlash mumkin emas, organizmga zarari to‘g‘risida esa, gapirmasa ham bo‘ladi.



Ikkinchi mif. Diqqat: ionlovchi nurlanish!

Mobil telefonlardagi nurlanish rentgen qurilmalar kabi ionlovchi xususiyatga ega. Demak, mobil telefondan foydalanish saraton kasalliklariga olib keladi.

Olimlar tomonidan o‘tkazilayotgan ko‘plab tajribalar buning noto‘g‘riligini isbotlamoqda. Bundan tashqari, jonivorlar ustida elektromagnit nurlanishning kuchli manbalari bilan o‘tkazilgan tadqiqotlar ham organizmga bo‘ladigan salbiy ta’sir haqida hech qanday dalilni keltirib chiqarmadi.



Uchinchi mif. Telefon garniturasi orqali gaplashish foydaliroq

Mobil telefonda garniturasiz gaplashmaslikka harakat qiling, aks holda turli xastaliklarga chalina boshlaysiz.

Telefon garniturasi – qo‘lni band qilmagan holda telefonda gaplashish uchun ishlatiladigan moslamadir. Mashina haydash yoki kompyuterda ishlash chog‘ida telefonda suhbatlashmoqchi bo‘lgan kishi uchun u juda qulay buyum. Uning foydasiga keladigan bo‘lsak, bu navbatdagi mifdir. Aksincha, garnitura yaqin aloqa tufayli eshitish apparati uchun xavflidir. Aynan shuning uchun quloqchin orqali musiqani yuqori balandlikda eshitish tavsiya etilmaydi.



To‘rtinchi mif. Telefonda soatlab gaplashish surunkali bosh og‘rig‘ini keltirib chiqarishi mumkin

Mobil telefonda bir kunda 30 daqiqadan ko‘p gaplashish mumkin emas, aks holda, kasal bo‘lib qolasiz.

Mobil telefonlarning ruhiy-psixologik ta’siri to‘liq tadqiq qilinmagan. Biroq, sog‘liqqa bo‘ladigan bilvosita zarar ilmiy jihatdan isbotlangan. O‘tkazilgan tajribalar natijasi shuni ko‘rsatadiki, uyali telefon nurlanishi kardiostimulyatorning (yurak ritmiga ta’sir qilishi uchun o‘rnatiladigan tibbiy asbob) to‘g‘ri ishlashiga xalal berib, salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.


Beshinchi mif. Telefondagi kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlar turli kasalliklarni keltirib chiqaradi

Mobil telefon yuzasi unitaz gardishidek darajada bakteriyalarga boy. Telefonni qo‘lga oldingizmi, qo‘lingizni tezda yuving.

Haqiqatan ham, telefon yuzasida ko‘plab bakteriyalar to‘planadi, shuning uchun uni muntazam ravishda tozalab turish lozim. Buning eng oddiy usuli – uni spirtli eritmada namlangan sochiqcha bilan artishdir. Aks holda, u turli mikroorganizmlar makoniga aylanishi hech gapmas. Tadqiqotlar davomida telefonlarda ichak tayoqchalari, kasallik qo‘zg‘atuvchi stafilokokk, enterokokk, sporali tayoqchalar va hattoki yiring bakteriyalarini uyg‘otuvchilar ham topilgan. Shunday ekan, telefoningiz tozaligini nazorat qiling va kasal bo‘lmang!




P.S. Mobil telefonlar zarari haqida gapirganda, psixologik tobelikni chetlab o‘tib bo‘lmaydi. U yuqorida sanab o‘tilgan barcha miflardan ham xavfliroqdir. Agar siz smartfoningizga kuchli bog‘lanib qolib, uni odatda qo‘ldan tushirmasangiz, unda bir kunda hech bo‘lmasa, 1—1,5 soat uni o‘z holiga qo‘ying. Bu vaqtni esa do‘stlaringiz bilan "jonli” ravishda muloqot qilishga, farzandlaringiz bilan vaqt o‘tkazishga yoki shunchaki sayr qilishga sarflang.

Albatta, bugungi kunda telefon shunchaki aloqa vositasi emas. Uning ichida internet va yoshlar uchun qiziqarli bo‘lgan boshqa quvonchlarga boy kompyuter mavjud. Biroq unutmangki, "kecha-kunduz onlayn bo‘lish” sindromi, ijtimoiy tarmoqlar orqali doimiy muloqotlar, men nimani ko‘rdim/yedim/xarid qildim mavzusidagi fotosuratlar bilan muntazam bo‘lishish psixologik qaramlikka olib keladi. Zamonaviy inson hayotini endi smartfonsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi, ammo bir-ikki soat tanffus ham qilib tursangiz, hech qanday salbiy oqibat yuzaga kelmaydi. Buni men sizga shifokor sifatida maslahat beraman.


Категория: QIZIQARLI | Просмотров: 4255 | Добавил: JAMSHID | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 18
18 PatO   (2013.09.03 15:51) [MALUMOT]
unaqa bunaqa disanlar umdan kora iwlatmalaring

BAXO BERING-1   Спам
17 WWWWWWWWW   (2013.08.25 22:00) [MALUMOT]
eski gap wink

BAXO BERING-1   Спам
16 -xurshid9991-   (2013.08.20 06:57) [MALUMOT]
Sensir ishlatlaring foydasi boo

BAXO BERING-1   Спам
15 Boriya   (2013.08.18 13:32) [MALUMOT]
tugri

BAXO BERING-1   Спам
14 daminik   (2013.08.18 12:57) [MALUMOT]
xammasi t6g'ri iloji busa wunaqa malumotlar kuproq quyiw kere biggrin biggrin biggrin

BAXO BERING-1   Спам
13 MUHABBAT3223   (2013.08.17 12:31) [MALUMOT]
Тогри малумот телефонсиз одам худди юраги йокде боб колади хозирда кам ишлатвоман телни

BAXO BERING-1   Спам
12 ABDULAZIZ   (2013.08.16 18:46) [MALUMOT]
smile wink wacko

BAXO BERING-1   Спам
11 Arislan   (2013.08.16 01:25) [MALUMOT]
Malumot ushun kattakon Rahmat smile

BAXO BERING-1   Спам
10 mein_herz94   (2013.08.15 11:38) [MALUMOT]
raxmat malumot uchun

BAXO BERING-1   Спам
9 mahmud_8592   (2013.08.15 09:19) [MALUMOT]
Малумот учун рахмат

BAXO BERING-1   Спам
8 Islom7787   (2013.08.15 07:58) [MALUMOT]
Malumot uchun rahmat

BAXO BERING-1   Спам
7 _IdealUzbek_   (2013.08.14 16:57) [MALUMOT]
Ma'lumot u.n rahmat

BAXO BERING-1   Спам
6 PRINCE_OF_LIGENDA   (2013.08.14 11:48) [MALUMOT]
Xabar uchun raxmatu! Lekin bu yangilik emas! Bu xaqda avvaldan bilamiz ogoxlantiriw wartmasdi. Ok qiziqarliro xabarlardan yoqmi???

BAXO BERING-1   Спам
5 Shaxrizada   (2013.08.14 10:31) [MALUMOT]
daxshat

BAXO BERING-1   Спам
4 USplaya   (2013.08.14 09:28) [MALUMOT]
zor

BAXO BERING-1   Спам
3 zoirusto   (2013.08.14 08:21) [MALUMOT]
bu malumotga ishonish mumkin

BAXO BERING-1   Спам
2 BekDil0990   (2013.08.14 08:16) [MALUMOT]
malumot un rahamt!

BAXO BERING-1   Спам
1 umidjon_5051   (2013.08.14 06:17) [MALUMOT]
Malumot un raxmat...

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Реклама.
Forum Faollari
  • neyla19
  • _DialNeNiNo_
  • OYDIN
  • _Dilya_
  • Jasmina---
  • _NaTaLi_
  • _Didishka_
  • Bilov
  • SUDEYS
  • MUHABBAT3223
  • qobilbek9353
  • odil@xran
  • YILDIZ
  • odiljon_-_oxran
  • Golib1214
  • _Shaddotcha_
  • Zahar_qizcha
  • Futbolist1990
  • Muxtor
  • ZARINA5545
  • Поиск
    Календарь
    «  Август 2013  »
    ПнВтСрЧтПтСбВс
       1234
    567891011
    12131415161718
    19202122232425
    262728293031
    2024 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
    Хостинг от uCoz