Главная » 2014»Октябрь»16 » Tataristonda uch yoshli bola sakkizinchi qavatdan yiqilib, omon qoldi.
09:49
Tataristonda uch yoshli bola sakkizinchi qavatdan yiqilib, omon qoldi.
Tatariston poytaxti Qozon shahrida uch yoshli bola sakkizinchi qavatdan tushib ketib, tirik qoldi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Rossiya favqulodda vaziyatlar vazirligining respublika bo‘yicha bosh boshqarmasi matbuot kotibi Marat Raxmatullin ma’lum qilishicha, bola yonma-yon qurilgan 15 qavatli turar joy tomiga qulagan. Chaqiruv bo‘yicha yetib kelgan yong‘inni o‘chirish xizmati xodimlari yig‘layotgan bolani narvon yordamida pastga tushirgan. Tez yordam shifokorlari bolani kasalxonaga yetkazgan. U yerda uning qo‘li singanligi va miyasi chayqalganligi ma’lum bo‘lgan. Guvohlar ko‘rsatma berishicha, bolakay chivindan himoya sifatida derazaga tutilgan to‘rga tiranganida, oynadan tushib ketgan.