Hurmatli saytdoshlar bugun man sizlarga o’z boshimga tushgan taqdir zarbasi haqida gapirib bermoqchiman. Men oliy o’quv yurtida 3-kursda o’qirdim, O’zimga yarasha husnim bor edi. Ancha –muncha yigitlar ortimdan yurishardi. Yigitlar orasida man uchun jonini beradiganlari ham topilardi. Ammo man ularga qiyo boqmasdim bunga yetarli sabablarim bor edi. Maktabda bir yigitga ko’ngil qo’ygandim ammo u bevafolik qilib boshqasiga uylanib ketdi. Shu sabab qalbim qattiq yaralangandi. Shuning uchun yigitlaga ishonchim qolmagandi. Man bilan til topishish juda qiyin edi. Shu tarzda kunlar o’tib borardi. Kuz oyida biz paxta yig’im-terimiga borardik. Mani oshpaz qilib tayinlashgandi. Dekan bilan zam dekanga oshpazlik qilardim ular xizmatimdan mannun edilar. Ular manga juda yaxshi muomila qilardilar. Man ham qo’limdan kelgancha ularga yaxshi xizmat qilishga xarakat qilardim. Paxta ham tugadi . Biz o’z shaxrimizga qaytdik O’qish ham boshlandi. Uyda esa mani turmushga berish mavzusi avj olgandi sovchilar kelayotganligi sababli uydagilar mani xoli-jonimga qo’ymay qo’yishdi, mani esa turmush qurish niyatim umuman yo’q edi. O’qishni davom qilmoqchi edim, Shuning uchun rad javobi berib kelayotgandim. Bir kuni zam dekanimiz mani oldiga chaqirdi, oldilariga kirsam yana shu gap Nargiza xali turmushga chiqmayapsanmi? Man yo’q deb javob berdim. Man bitta yaxshi yigitni taniyman sani yoqtirib qolibdi sanga uylanmoqchi ekan bir gaplashib ko’rmaysanmi deb qoldilar. Man yo’q deb javob berdim domlom yana uni maqtay boshladilar aqlli, esli-xushli bola o’z mehnati bilan ancha narsalarga erishgan o’ylab ko’r dedilar. Man bu gapga umuman etibor bermadim. Ertasi kuni o’sha yigit ortimdan kelibdi tel raqamimni topib rosa tel qildi man u bilan gaplashishni xoxlamadim manga boshqa tel qilmasligini aytdim ammo u mani tinch qo’ymadi ortimdan soyadek ergashib yurdi, tinmay sovchi jo’natdi. Man esa uni umuman yoqtirmasdim. man sevib- sevilib turmush qurishni xoxlardim ammo bu baxt manga nasib etmadi. Taqdirimda o’sha bolaga turmushga chiqish yozilgan ekan. Uni ismi Baxrom edi. Biz turmush qurdik u to’ydan oldin osmon-osmon vadalar bergandi. To’ydan keyin hammasi esdan chiqdi u butunlay o’zgardi. Man taqdirga tan berib bo’lgandim. Hayot shu ekan deb yashay boshladim. Bahrom serjaxl, etiborsiz, va juda qo’rs edi u bilan xech qachon ochilib gaplasholmasdim. Negadir undan qo’rqardim. Bahrom umuman uyidagilar bilan gaplashmasdi bazur salom-alik qilardi xolos man bu xolga xecham tushunmasdim. Sababini so’rasam o’zimiz shunaqamiz derdi. Oradan vaqt o’tib borardi biz xech qayerga bormasdik bazur o’qishimga borib kelardim. Hamma ishimdan ayb qidirardi. Chillamiz ham chiqdi 41 kun esa man uyda yolg’iz qoldim ishlarimni qilib yurgan paytimda eshik taqillab qoldi chiqsam bola ko’targan bir ayol turibdi. Keling-keling dedim u Mandan erimni so’ray boshladi man qo’rqqanimdan uyda deb javob berdim unda chaqiring dedi erimga nima ishingiz bor edi manga aytavering desam tez chaqir eringni deya baqira boshladi man darrov eshikni yopib oldim. Bir payt g’alati ovozlar eshitila boshladi Alo dadajonisi bu xotinchangizni olib kelib olibsizda….. Man sizlarga xolatimni tushuntirib bera olmayman……………….. Man ham tezda tel qildim zaynet tushdi demak hammasi rost. Keyin asta eshikni ochdim xaligi ayolni uyga kiritdim va kimligini so’radim… U ismi jamila ekanini qo’lidagi bolasini ismi Botir ekanini erim bilan 5 yildan beri birgaligini, manga uni roziligini olib uylanganligini, man bilan 2 oy yashab ajrashishi kerakligini aytdi. Dunyo ko’zimga tor bo’lib ketdi. shu payt Bahrom kelib qoldi ikkalasi janjallashib ketishdi Bahrom baqira ketdi yana qancha pul kerak senga ma ol deya bir dasta pulni sochib yubordi bu axvolni ko’rib uydan yig’lagancha chiqib ketdim va uydagilarimni chaqirtirdim Dadam mani uyga olib ketdilar. Man juda qattiq tushkunlikka tushib qolgandim bunaqa zarbani kutmagandim. Mazam qochadigan bo’lib qoldi Doktorga borsam buni qarangki xomilador ekanman. Bu habar boshqalar uchun quvonch kletirishi mumkin edi ammo man uchun musibat dard ustiga chipqon edi. Shu zaxoti uni oldirib tashlashga qaror qildim ammo doktorlar 1-xomilani oldirib bo’lmasligini bir umr farzandsiz o’tishim mumkinligini aytishdi. Keyin nima qilishni bilmay boshim qotdi boshqa choralarini yo’qmi deb so’ray boshladim doctor kuchli bitta dori yozib berdi shu dori tasir qilsa xomilang o’zi tushadi dedi. Dorini ichdim ham ammo… bola dunyoga kelishi kerak ekanmi dori tasir qilmadi. Bahrom esa Mandan tinmay kechirim so’rar bitta imkon berishimni yalinib so’rardi, hammasi boshqacha bo’lishini, mani boshida ko’tarib yurishini, yuzimni yorug’ qilishini aytar yana osmon osmon vadalar berar bu xatosini takrorlamasligini mansiz yasholmasligini u ayol bilan boshqa munosabat qilmasligini tinimsiz takrorlardi. Man u bilan ajrashishga qaror qilgandim ammo uydagilar bola uchun unga imkon berishim kerakligini aytib majburlab yarashtirishdi. Noiloj uni uyiga qaytdim. Ming afsuski man xato qilgandim. Bahrom xecham o’zgarmadi hamma vadalar osmonga uchdi. Ko’z yosh to’kib qolaverdim hammasiga chiday boshladim bolam otasiz o’smasin deb. Ammo u kundan kunga o’zidan ketar tinmay azob berardi. Xomiladorlik manda juda qiyin kechdi. Mehrga etiborga muhtoj edim ammo bular manda yo’q edi. Biror narsa yegim kelga aytolmasdim xatto qo’limga esa bir so’m bermasdi. Shu tariqa oy kunim ham yaqinlashdi mazam bo’lmagani uchun uni chaqirdim u esa mani urishib-urishib kasalxonaga olib keldi. Xudoga shukurki sog’-omon qutilib oldim o’g’ilchali bo’ldim. Hammasi iziga tushar deb o’ylagandim lekin unday bo’lmadi. Raddomdan chiqadigan kunimiz u xatto bolasini qo’liga olmadi. O’zi pastda kutishini tez tushishimni aytdi. Kiyinib bolani ham kiyintirib chiqsam suyunchiga barcha xamshiralar yig’ilgan ekan ular bolani otasini so’rashdi ammo u kelmadi. Man o’zimni kamsitilgan xis qildim, rosa xo’rligim kelib yig’ladim ular xafa bo’lmang puli yo’qdir shunga chiqmagandir deyishdi. Man sekin-asta zinadan pastga tushib bordim pastda turgan ekan. Xa buncha tushishing qiyin bo’p ketdi deya mani koyidi. Tashqari oppoq qor bilan qoplangandi mani oyog’imda shippak xatto bitta taksi ham olib kelmagan ekan. Ko’cha tomonga yura boshladik ko’chada moshinalar juda kam ekan rosa sovqotdim. Oxiri bitta taksi to’xtadi. Xatto eshikni ham ochmadi bazur o’tirdim. Uyga borguncha yig’lab bordim. Uyda ham birorta sharoit to’g’irlamagan ekan xonalar muzdek……………………………… u bilan boshqa yasholmasligimni tushundim oyimni chaqirib mani uyga olib keting deya rosa yalindim oyim rozi bo’lmadilar yana ozgina chida dedilar. Yana noiloj o’sha uyda yashashga majbur bo’ldim oyim hamma kerakli narsalarni olib kelib berdilar. Nima kerak bo’lsa tortinmasdan aytaver deyishdi. Bazur chidab yashay boshladim qachon bu zindondan xalos bo’larkanim deb kun sanardim baxtimga bolam juda injiq sira uhlamasdi kechasi bilan yig’lab chiqardi. Baxromni esa xech nima bilan ishi yo’q edi kunlarim faqat yig’i bilan o’ta boshladi. Kunlarning birida u uyga ertaroq qaytdi va arzimagan narsalardan janjal chiqarib qo’l ko’tarishgacha bordi. Bazur qochib qutildim qochmaganimda o’ldirib ham qo’yardi. Endi u bilan umuman yashab bo’lmasdi. Bolani olib uydan ketdim. Ketganimdan keyin bir marta ham bolasini so’ragani ham kelmadi uyidagilari ham xabar olishmadi. 2 oylik ham bo’lmagan bolam bilan dadamnikiga keldim. Bolam 2 marta reanimatsiyaga tushdi ikki marta bir o’limdan qoldi shu qadar azob tortdimki buni yolg’iz o’zim va xudoyim biladi. Oradan 8 oy o’tdi undan darak bo’lmadi. Nima qilishni bilmay ajrashish uchun ariza berdim. U xatto sudga ham kelmadi narsalarimni ham bermayapti…….. Azizlar naxotki oramizda shunaqa insonlar ham bo’lsa mani nima aybim bor edi uni nima haqqi bor edi manga shuncha azob berishga man ham bir oilaning guldek qizi edimku. Bahrom faqat chimildiq ko’rish va ota-onasini yuzini mahalla ko’y orasida yorug’ qilish uchungina manga uylangan ekan. Jamila esa 2ta erga tegib chiqqan ayol ekan buni ustiga o’zidan 5 yosh katta ham edi.
man umuman Sanjarni gapiga qo'shilmiyman. Nargiza xayotingizni yangitdan boshlang , xudo xoxlasa sizga dunyodagi eng yaxshi baxtni olloh nasib aylagay. Bahromga o'shagan erdan bir umirga vos kechavering avsuslanishga arziydigan er emas ekan, Hayot davom etadi..........................
kechirasizu sizningcha ayollar odammasmi? erkaklarni hudoyim ayol kishini himoya qilish,har tomonlama ko'mak berish uchun yaratgan. ularni xo'rlash yoki azob berish uchun emas. Ayolini chunchalik azoblagan er jannatga tusharmidi sizningcha!
siz u odamni unuting endi sizni wirin wakar bolangiz bor umri uzoq b6lsin wu bolangiz uchun yawang hali hayotiz oldinda sizga omad tiliman faqat uyda 6tiravermang d6stlariz bn k6riwib kayfiyatizni k6tarib yuring,sizni bolaiz bor wuni esli huwli qib pahlavon yigit qib 6stirsaiz bir onaga wundan ortiq baxt bormi.
У шунака пасткашлик килган экан бандасидан булмаса оллоҳдан албатта жазосини олади. У ифлосни хам опаси-синглиси бордир ёки бирор бир қариндошини кизи бордир хеч ўйлаб курганмикин.
Лекин хамма йигитлар хам Баҳромга ухшаган пасткаш, номард эмас узбек кизи учун ор-номус, уят, шарм, ибо-хаё, нималигини биладиган йигитлар хам бор. Так что кизлар хар хил ёмон хаёлга берилмела
Е хафа булманг бу хаёт, такдир синови, оллох таоло хеч кимни ток килиб яратмаган хали уз жуфтингизни топасиз. Беш бармоқ бир бўлмаганидай биз оллоҳни бандалари хам хар хилмиз.
Daxshatli xikoya ollohimni o'zi asrasin bunaqa erdan. Siqilmang Nargiza xali xayot oldinda, Qachon bo'lsa ham siz uchun atalgan baxt olloh tomondan sizga nasib aylagay.