O'zing ketding sevging qoldi ko'ksim tilib. Hijron endi yondirmoqda olov bo'lib. Bo'lganingda yurardigmi bahtli bo'lib. Taqdir seni quchog'imdan oldi yulib.
Sesiz qoldim yolg'izlikda sog'inch birla. Afsus qilib nadomadli o'kinch birla. Ushbu dunyo ikkimizga zolim bo'lib. Taqdir seni quchog'imdan oldi yulib.
Hayot bo'lsang ahvolimni ko'rsang bilib. Malham bo'lsang dardlarimga davo bo'lib. Hech bo'lmasa tushlarimga turgin kirib. Taqdir seni quchog'imdan oldi yulib.
Sevgimizning g'unchasi ochilmasdan so'lib qoldi. Yuragimda qon o'rniga armonlarim to'lib qoldi. Sendan yolg'z yodgor bo'lib faqat o'sha qabr qoldi. Taqdir seni quchog'imdan bir umirga yulib oldi.
Senga atab sherlar yozdim qani endi taskin topsam. Jonimniham berar edim ko'rmoq uchun imkon topsam. Hudoyimdan so'rarman har dam. Hech bo'lmasa u dunyoda seni topsam.