Ismdagi birinchi,qaytariladigan va qattiqroq talaffuz qilinadigan harflarga qarab fe'l-atvorni aniqlash mumkin. ღ A - rahbarlik ramzi. Ruhiy va jismoniy bekamu ko'stlikka intilish. ღ B - xayolparast,sabotli va puxta,uddaburon. Moliyaviy yaxshi ta'minlanishga intilish. ღ V - kelajakka ishonch bilan qarash,ijodkorlik,kirishimlilikdan dalolat. ღ G - bilimga intilish,vijdonlilik,qiziquvchanlik. ღ D - mulohaza va oilaparvarlik ramzi. Yordamga shaylik, ba'zan esa injiqlik, odamlarga ta'sir o'tkaza olish. ღ Y - serg'ayrat,serhissiyot o'zini namoyon qila olishga ishora. ღ J - bama'ni,harakatchan,ichki dunyosini oshkor etavermaydigan. ღ Z - farosat va tafakkurning kengligiga ishora. O'z qobig'iga o'zi o'ranib oladiganlar. ღ I - nozik didli,tinchlikparvar,tashqi ko'rinishdagi puxtalik tabiatdagi muloyimlikni berkitish vositasi,xolos. ღ K - iroda,sabr,sir saqlay olish va qat'iyatlilik ramzi. ღ L - go'zallikni sevuvchi,artistlik qobiliyatiga ega,his-tuyg'ularini oshkor eta oladigan,qadrini biladiganlar belgisi. ღ M - jonkuyar,tortinchoq va biroz xudbin. ღ N - norozilik belgisi,aql,iroda,sog'liqqa kuchli e'tibor va mehnatsevarlik ramzi. ღ O - pultopar,ta'sirchan, o'z ismida ushbu harf bor kishilar maqsad sari qat'iy harakat qiladiganlardir. ღ P - g'oyalarga boy,tashqi ko;rinishga e'tibor berish,fikrida sobit tura olish ramzi. ღ R - o'ziga ishonch,jasurlik,tavakkalchilik,o'ta sezgirlik va maqsad yo'lida sobitqadamlik. ღ S - sog'lom fikr yuritish,boylikka intilish,injiqlik va shaddodlik. ღ F - o'zini ko'rsatishga,hammaning diqqat markazida bo'lishga intilish,samimiyat,haqiqatparvarlik,xayolparastlik va biroz yolg'onchilik ramzi. ღ T - sezgirlik,nozik ta'b ijodkor,adolatli va serg'ayrat. ღ U - g'amxo'r,dunyoqarashi keng. ღ H - o'z kuchiga ishonib harakat qilish,mustaqillik va obro'-e'tiborga intilish,o'ta ta'sirchanlik,oliyhimmat,saxiy,boshqalarni murosaga keltira oladiganlar ramzi. ღ CH - bir butunlikka intilish,mehnatsevarlik. ღ SH - tanti,xushyor,qaysar,hazilkash. ღ E - qiziquvchan,notiq,har ishda yo'l topa oladigan,olg'ir. ღ X - o'zining qadrini biladigan,atrofdagilarning hurmat-e'tiboriga sazovor bo'la oladiganlar ramzi. ღ O' - murosa va muloyimlik ramzi. ღ Q - o'z ishiga pishiqlik,tez-tez tushkunlikka tushib turishdan ishora. ღ G' - mahmadona,qiziquvchan,fikrini o'tkaza olishga ishora. Manba: www.odnoklassniki.ru/men.va.u
|