O’zbekligin unutib, Ochiq sochiq kiyishdi. San’atni ham bemalol, Yengil o’yin qilishdi. Bizning o’zbek klipda, Kalta kiyib o’ynashar. Maqomni pisand qilmay, Ruscha qo’shiq kuylashar. Nega o’zbek kiyimni, Chet elliklar kiymaydi Yoki nega rus xalqi, O’zbekchani bilmaydi. Yozmaydi she’r, musiqa, Qo’shiqchilar dangasa. O’zi o’ylab nahotki, Ijod qilib bilmasa. O’g’irlaydi chet eldan, She’ri va musiqani. Ayting ey san’atkorlar, Haqiqiy ijod qani!? Avvalgi san’atkorlar, Ma’noli she’r aytishgan. Bitta joyda kuylab ham, Shu yurtga tanilishgan. Puli bo’lsa chiqyapti, Ham qo’shiqchi san’atkor. Iste’todlilar esa, Yo gulchi,yo mardikor. Hozirgi ko’p filmlar, Bir xil bo’lib qolmoqda. Adabiy sheva emas, Bachkana tus olmoqda. Qancha ko’p aktyorlar, Toshkent shevada so’zlar. Hech bo’lmasa kinoda, Adabiy so’zlab bo’lar?! Ey aziz san’atkorlar, Yulduzlik tomon shoshmang. Oddiy xalqni ko’z ilmay, Haddingizdan ham oshmang. Bitta rolda o’ynab ham, Aktyorman deydiya. Ustoz san’tkorlarning, Qadri qayda qoldiya. Qo’shiqdagi she’r emish, She’r qilib o’qib bo’lmas. Yoki musiqasidan, Hammaning ko’ngli to’lmas. Qo’shiq bemani ammo, Kiyinishga til ojiz. Qo’shiqni tinglaylikmi, Yo kiyimini ko’ramiz? Bu qandayin noshudlik, Haqorat ulashishdi. Bir-birini so’kib ham, Qo’shiq qilib aytishdi. Yo osonmi studyaga, Borib qo’shiq yozdirish. O’ylab ko’ring,bir lahzalik, Xalqning ko’nglin qoldirish. Xaqiqatni yozdim endi, Mendan xafa bo’lmangiz. Tilagim shu yulduz bo’ling, Ammo hecham so’nmangiz.
Bahrinoy Hojiyeva.
WWW.SHERLAR.UZ
|